UMS yana 50 ta Silver raqamlari sohiblarini aniqladi

Chop etish versiyasi

UMS mobil operatori Markaziy ofisida “UMS dan milliard!” aksiyasi doirasida ikkinchi bor 50 nafar “Silver” toifasidagi chiroyli raqamlar o‘ynaldi. Birinchi yutuqli o’yinga qaraganda tadbir yangicha formatda o’tdi – tasodifiy g‘oliblarni aniqlash jarayonini bevosita kompaniya ofisi tashrif buyuruvchilari, shuningdek, “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i onlayn foydalanuvchilari kuzatib borishdi.

Marina Pak, “UMS” MChJ tijorat bloki yetakchi mutaxassisi:

- Mazkur o’yinda 6-yanvardan 5-fevralga qadar UMS ga ulangan yoki maxsus ovozli va Internet-paketlarni faollashtirgan abonentlar ishtirok etishdi. Ushbu shartlarni bajargan xar bir abonentga ID-kod berildi. 50 nafar yutuqli ID-raqamni aniqlash uchun onlayn randomayzer tizimidan foydalanildi.

Onlayn randomayzer bugungi kunda butun dunyoda turli xildagi yutuqli o’yinlar g‘oliblarini aniqlashning eng ommabop, qulay va tezkor usullardan biri sanaladi. U g‘oliblarni xaqqoniy va shaffof ravishda aniqlashi evaziga xozirgi vaqtda juda mashxur sanaladi. Xatto o’yin tashkilotchilari xam uning ishiga va ko’rsatadigan natijalariga xech qanday ta’sir o’tkaza olishmaydi. Sababi, mazkur tizim serverlari xorijiy mamlakatlar xududida joylashgan, g‘oliblarni aniqlash algoritmi esa faqat uning asoschilarigagina ma’lum.

“UMS” kompaniyasi doimo o’tkazilayotgan aksiyalar va tanlovlarning shaffofligi va ochiqligini ta’minlashga xarakat qiladi. Aynan shu sababli bu safargi o’yin jarayonini nafaqat onlayn foydalanuvchilar va mustaqil komissiya, balki kompaniya markaziy ofisi tashrif buyuruvchilari xam kuzatib borishdi.

Yutuqli o’yinni o’tkazish davomida “UMS” vakillari g‘oliblardan bilan bog‘lanib, uni onlayn efirda tabriklashdi.

Shunday qilib, “Silver” kategoriyasidagi chiroyli raqamlarga bepul ulanish imkoniyatini qo’lga kiritgan g‘oliblarning ikkinchi guruxi aniqlandi. Eslatib o’tamiz, yanvar oyida shunga o’xshash yutuqli o’yin o’tkazilgan bo’lib, ilk 50 nafar g‘oliblar aniqlangan. Ayni vaqtda “UMS” mobil operatori “UMS dan milliard!” aksiyasi doirasida o’tkaziladigan asosiy yutuqli o’yinga tayyorgarlik jarayonini yakuniga yetkazmoqda. 12-fevral kuni 10 million so’mdan 300 million so’mgacha bo’lgan pul yutuqli    o’yini o’tkaziladi.

Sardor Tojiyev, “UMS” MChJ jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili:

- Umumiy qiymatda 1 milliard so’mlik yutuqni qo’lga kiritgan abonentlarni aniqlash marosimi Toshkent shaxridagi ko’ngilochar savdo majmuasida bo’lib o’tadi. Yutuqli o’yinda aksiyaning ilk kunidan boshlab so’nggi kuniga qadar uning barcha shartlarini bajargan abonentlar ishtirok etishadi. Ular tomonidan yig‘ilgan xar bir imkoniyat uchun biz ularga aloxida ID-kod beramiz. Shunday qilib, ishtirokchilarning xar birida 1 dan bir nechaga qadar yutish imkoniyatlari bo’ladi.

Xozirda ko’p sonli “UMS” abonentlari pul yutug‘i soxibi aniqlanishini intizorlik bilan kutishmoqda. Muvaffaqiyat, albatta, eng omadlilarga, kompaniya xizmatlaridan faol foydalanib, o’z yutug‘iga ishonganlarga kulib boqadi. “IT-Life” suratga olish guruxi bo’lib o’tayotgan xodisalarni diqqat bilan kuzatib boradi.


Ro'yxatga qaytish