UMS ilk 50 ta Silver chiroyli raqamlar o‘yinini o‘tkazdi

Chop etish versiyasi

Odatda Yangi yil bayrami o‘tganidan keyin tovarlar va xizmatlar bozorida o‘ziga hos tinchlik hukm suradi. Keng miqyosdagi chegirmalar yakunlanadi, turli xil aksiya va maxsus takliflar soni keskin kamayadi.

Mahalliy mobil aloqa bozorining o‘yinchilaridan biri bo‘lgan UMS kompaniyasi yildan yilga ushbu qo‘shtirnoq ichidagi “an’anani” chetlab o‘tmoqda. Masalan, hozirda “UMS dan milliard!” aksiyasi faol tarzda davom etmoqda. Aksiya doirasida 1 milliard so‘m bo‘lgan 23 ta pul sovrini, shuningdek, Silver toifasidagi 100 ta chiroyli raqamni ulash imkoniyati o‘ynalmoqda. 9-yanvar kuni chiroyli raqamni qo‘lga kiritgan ilk 50 ta baxtli abonentlar aniqlandi.

Marina Pak, «UMS» MChJ Marketing va operatorlik biznesini rivojlantirish departmenti yetakchi mutaxassisi:

- «Silver» toifasidagi chiroyli raqamlarning birinchi partiyasi UMS ning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida bo‘lib o‘tdi. O‘yin jarayoni, shuningdek, Instagram da ham ko‘rsatib borildi. Bu esa g‘oliblarni aniqlash jarayoni ochiq va shaffof o‘tishiga, shu bilan birga kattaroq auditoriyani qamrab olishga xizmat qildi. O‘yin maksimal tarzda ob’ektiv o‘tishi uchun o‘yin jarayonini mustaqil komissiya kuzatib bordi».

Ilk o‘yinda 2018 yilning 5 dekabridan 2019 yilning 5 yanvarigacha aksiya shartlarini bajargan abonentlar ishtirok etishdi. Hususan, ular oylik abonent to‘lovi kamida 33 000 so‘mni tashkil qiluvchi tarif rejalaridan biriga ulanishlari yoki “2019 MB”, “2019 daqiqa” to‘plamlaridan birini 40 000 so‘mga faollashtirishlari kerak edi. *161*1# USSD-kodi orqali abonentlar o‘yindagi tartib raqamini bilib olishdi. 50 ta yutuqli tartib raqamini aniqlash uchun esa onlayn randomayzer, ya’ni g‘oliblarni tasodifiy aniqlash tizimi qo‘llanildi.

Sardor Tojiyev, "UMS" MChJ jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili:

- “Hozirda UMS call-markazi mutaxassislari Silver toifasidagi chiroyli rakamlarni bepul ulash huquqini qo‘lga kiritgan abonentlar bilan bog‘lanishmoqda. G‘oliblar o‘z yashash hududlarida kompaniya ofislariga taklif qilinmokda. Raqamlarni ulash uchun ular o‘z pasporti bilan kelishlari shart”.

Navbatdagi o‘yin 8 fevralda bo‘lib o‘tadi va Silver raqamlarini 100 foiz chegirma bilan ulash imkoni yana 50 ta abonentda paydo buladi. 12 fevral kuni esa 23 ta pul sovrini o‘ynaladi. Tadbir Toshkentdagi yirik savdo markazlarining birida bo‘lib utadi.

Shunday qilib, UMS kompaniyasi o‘z abonentlariga yoqimli syurprizlar taqdim etishni davom etmoqda. “UMS dan milliard!” aksiyasi davom etmoqda va har bir abonent unda ishtirok etishi mumkin. 10 million so‘mdan 300 million so‘mgacha bo‘lgan 23 ta pul sovrini hamda Silver toifasidagi yana 50 ta raqam o‘z egalarini kutmoqda.


Ro'yxatga qaytish