Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS rahbariyati savollaringizga javob qaytarmoqda!

20-noyabrdan 25-noyabrgacha ijtimoiy tarmoqlarda "UMS rahbariyatiga o'z savolingizni yo'llang!" loyihasini amalga oshirdik. Loyiha doirasida 400 dan ziyod insonlardan turli xil savollar kelib tushdi. Bugun, UMS mobil operatori ishga tushgan kunda kompaniya rahbar xodimlari eng dolzarb va qiziq savollarga javob berishmoqda!

Ular bilan tanishib chiqishingiz uchun savollarni mavzular bo'yicha saraladik.

 Tarif rejalari, aloqa va Internet narxlari bo'yicha savollar

Savollarga "UMS" MChJ tijorat direktori Lola Filatova javob bermoqda:


- 4 yil ichida kompaniya ko'zlagan maqsadlariga erishdimi?

- UMS mobil operatori faoliyati uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga asoslanadi. Bu 4 yil ichida biz abonentlar sonini bosqichma-bosqich ko'paytirdik va sifat nuqtai nazaridan muvaffaqiyatga erishdik - hozirda 80% dan ziyod abonentlarimiz faol, yani har doim asosiy va qo'shimcha xizmatlardan foydalanib keladi. Bu mamlakatimizning mobil aloqa bozorida juda yuqori ko'rsatkichlardan biridir.

UMS zamonaviy mobil aloqa xizmatlarini ko'rsatar ekan, aloqa sifatini yanada yaxshilash, tarmoq qamrovini kengaytirish va sig'imini oshirishga jiddiy e'tibor qaratib kelmoqda. Bu doimiy jarayon bo'lib, to'xtashlarsiz 365 kun davomida amalga oshiriladi. Bu yo'nalishdagi maqsadimiz - iloji boricha ko'proq abonentlarga yuqori tezlikdagi Internet xizmatlarini ko'rsatish, respublikaning eng chekka hududlarini ham sifatli aloqa bilan ta'minlash.

Kompaniya o'z faoliyati davomida mamlakatimiz aholisi uyali aloqadan faol va to'laqonli foydalanishi uchun sharoit yaratib kelmoqda. Bu yo'lda anchayin odimlab ketishimizga ekslyuziv xizmat va takliflarni joriy qilib kelayotganimiz sabab bo'lmoqda. Ular qatorida - "Mutlaqo cheksiz!" misli ko'rilmagan aksiyasi, "Super 0" xizmati, abonentlarda katta qiziqish o'yg'otayotgan yillik tarif rejalari, korporativ mijozlar uchun daqiqalarni megabaytlarga almashish imkoniyati hamda jismoniy shaxslar va mijozlarimiz uchun boshqa xizmatlardir. 

- Internet, shu jumladan Internet-to'plamlar arzonroq bo'ladimi? Kunlik Internet-to'plamlar narxlarini tushirish imkoniyati bormi? Qachon tarif rejalarida yanada ko'proq megabaytlar taqdim etiladi? Faqat megabaytlarni o'z ichiga olgan tarif rejasini qachon joriy qilasizlar?

- Ishontirib aytamanki, bu masalalar UMS kompaniyasi uchun ham juda dolzarb. Abonentlarimizning ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish - biz uchun muhim vazifa. Abonentlardan kelib tushayotgan ko'plab iltimos va takliflarni inobatga olgan holda, o'tkazgan so'rovlarimiz natijalari hamda mobil aloqa bozoridagi holatdan kelib chiqqan holda biz bir qator ajoyib yangiliklarni tayyorlayapmiz. Ularni joriy qilishimizga juda oz fursat qoldi - dekabr oyi davomida e'tiboringizga ularni taqdim qilamiz. 

- Faqat qo'ng'iroqlar uchun tarif rejalari joriy qilinadimi? 

- Mazkur yilda kompaniyamiz mamlakat mobil aloqa bozorida ilk bor bir xil abonent to'loviga ega, lekin ikki toifadagi abonentlarga mo'ljanllangan tarif rejalarini joriy qildi. Ular - 33 000 so'm abonent to'loviga ega  "Optimal" va "Optimal+", shuningdek, oyiga 42 000 so'm evaziga taqdim etalayotgan "Qulay" va "Qulay+" tarif rejalaridir. "Optimal" va "Qulay" tariflari aynan ko'proq qo'ng'iroq qilishni afzal ko'ruvchilar uchun, "Optimal+" va "Qulay+" esa ko'proq Internetga kiradigan abonentlarga mos keladi. 

- Tarmoq ichida daqiqalar ham berasizlarmi?
- 2 yildan ko‘proq vaqt mobaynida, aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, 2016-yilning may oyidan buyon UMS kompaniyasining «Super 0» xizmati ishlab turibdi. U abonentlarga tarmoq ichida mutlaqo bepul suhbatlashish imkoniyatini beradi. Undan nafaqat yangi, balki amaldagi abonentlar ham foydalanishlari mumkin. *166# USSD-so‘rovini amalga oshirib, xizmatni yoqish va boshqarish mumkin. Eng muhimi, 4210 so‘m miqdoridagi haq faqat bir marotaba – xizmat yoqilayotganda yechib qolinadi. Xizmatdan foydalanganlik uchun hech qanday haq keyinchalik yechilmaydi. 


- Talabalar va umuman yoshlar uchun maxsus tarif rejalari bo‘ladimi? Oilalar uchun-chi?
- UMS ning amaldagi tarif rejalari narxlari va mo‘ljallangan auditoriyalari bo‘yicha turli tumandir. U yoki bu tarif rejasini “Yoshlar uchun” , “Talabalar uchun” yoki “Oilalarga”, deya nomlash va qolganlarni cheklab, aynan ular uchun joriy qilish noo‘rin. Bu eskirgan marketing siyosati bo‘lib, mobil aloqa xizmatlari o‘ta qimmat bo‘lgan davrlarda keng qo‘llanilgan. Misol uchun, “Oila a’zolaringizning harajatlarini boshqaring”, degan takliflar urf bo‘lgan. Hozir mobil aloqa bozori umuman boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha odimlab ketmoqda. 

 Nima sabablarga ko‘ra bir qator tarif rejalar faqat ayrim viloyatlar uchun amal qiladi? 
- Hududiy tarif rejalarini joriy qilish halqaro marketing amaliyotida keng qo‘llaniladi. Bunda u yoki bu hudud aholisining xarid qilish imkoniyatlari, bozordagi talab va ehtiyojlar, mobil operator o‘z oldiga qo‘ygan marketing maqsadlar va boshqa bir qator omillar hisobga olinadi.

- Jismoniy shaxslar uchun tarif rejalarida daqiqalarni megabaytlarga almashish xizmati joriy qilinadimi?
- O‘tgan yili UMS bunday xizmatni korporativ mijozlar uchun joriy qildi. Hali-hanuz bunday taklif faqat bizda mavjud. Abonentlar (jismoniy shaxslar) uchun bunday qulaylikni yaratish masalasi esa jiddiy hisob-kitoblarni talab qiladi.

- UMS yaqin orada abonentlar uchun qimmatbaho sovrinlar yoki avtomobillar qo‘yilgan o‘yin o‘tkazadimi?
- Yildan yilga UMS kompaniyasi abonentlari uchun turli-tuman tanlovlar, aksiyalar va o‘yinlar o‘tkazib kelmoqda. Ularda o‘ynalayotgan sovrinlar qimmatbaholigi ham ortib bormoqda. Bir necha kundan keyin bu boradagi yangi aksiyani e’lon qilamiz. Aksiyaning barcha shartlari bilan www.ums.uz saytidan tanishib chiqish mumkin bo‘ladi.

- UMS o‘z to‘lov tizimi yoki xizmatini joriy qilish niyatidami?
- Albatta, bunday qo‘layliklarni yaratish rejalarimizda bor. Buning uchun to‘lovlarni qabul qilish xizmatlarini ko‘rsatish litsenziyasiga ega bo‘lish, dasturiy ta’minot joriy qilish va bir qator boshqa ishlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Bu masalalar mutaxassislarimiz tomonidan o‘rganilmoqda.

- Bitta abonent ikkinchisiga SMS-xabarni yuborsa-yu, u yetib borgan va o‘qilgandan keyin avtomatik tarzda o‘chib ketsa. Bunday xizmatni ishga tushirishning imkoni bormi? 
- Taklif uchun rahmat. Bunday imkoniyatni albatta o‘rganib chiqamiz va uni ishga tushirish qanchalik to‘g‘ri bo‘lishini o‘ylab ko‘ramiz.

- “Raqamni saqlab turish” xizmati haqini arzonlashtirish imkoniyati bormi?
- Zaruriy hisob-kitoblardan keyin xizmatni yanada qulayroq qilish masalasini ko‘rib chiqamiz.

- Tarif rejalariga bonus sifatida Allplay dasturi uchun megabaytlarni berishga nima deysizlar?
- “Mobil TV” xizmati tarif rejasiga aloqasi bo‘lmagan alohida xizmat bo‘lib, hamkorimiz servislariga cheksiz megabaytlarni taqdim etishni nazarda tutadi. U faqat jismoniy shaxslar uchun amal qiladi.

Shu fursatdan foydalanib, abonentlarga hushxabar haqida aytmoqchiman – dekabr oyida xizmat bo‘yicha yanada yangi qulay imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

- Nima sababdan ovozli pochta xizmati sizlarda ishga tushirilmagan? 
- Ovozli pochta xizmati G‘arb va bir qator Sharq mamlakatlarida keng qo‘llanilishiga qaramay, O‘zbekistonda unga deyarli talab va ehtiyoj yo‘q. Agar ko‘plab abonentlar bu xizmat kerakli ekanligini aytib, bizga murojaat qilsa, uni albatta joriy qilamiz.

Abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha savollar

Savollarga “UMS” MChJ Abonentlarga xizmat ko‘rsatish departamenti direktori Olga Kim javob bermoqda:

- Nima sababdan oyning boshida va oxirgi kunlari call-markazga ko‘ng‘iroq qilib tushish qiyin?
- Har oyning boshida va oxirgi kunlarida Ma’lumot-axborot bo‘limiga murojaatlar keskin oshib ketadi. Bu oyning birinchi sanasida aksariyat tarif rejalarimizning abonent to‘lovi yechilishi bilan bog‘liq. Abonentlar mablag‘lar yechilishi, tarif rejasini o‘rgartirish tartibi, xizmatlarni yoqish va boshqa masalalar bo‘yicha bizga murojaat qilishadi. Haqiqatdan ham bunday holat qo‘ng‘iroq qiluvchilarning navbati kengayishi va qo‘ng‘iroq qilib tushishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirib turadi. Odatda operator javobini kutish vaqti 2-3 daqiqani tashkil qilsa, bunday kunlarda kutish vaqti uzayib ketishi mumkin.

Kompaniya abonentlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, shu jumladan operator javobini kutish vaqtini kamaytirish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar ko‘rmoqda.

- Megabaytlar sarflanishing sabablari nima bo'lishi mumkin?
- Abonent bilmagan holda megabaytlar sarflanib ketishi mobil qurilmaning sozlamalari, sinxronizatsiya xizmati yoqilganligi, turli ilovalarning faol ichki jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Android, iOS, MUIU va boshqa operatsion tizimlarda bunday servislar boshqarish va o‘chirish bo‘yicha tavsilar Internetdagi ko‘plab saytlarda keltirilgan. Shuning uchun ular bilan batafsil tanishib chiqishni hamda keraksiz yoki foydasiz ilova va xizmatlarni o‘chirib qo‘yishni tavsiya qilamiz. Turli xil reklamalar ta’siriga tushib, smartfoningizga shubhali dastur va o‘yinlar o‘rnatib olmaslikni ham tavsiya qilamiz. Bunday dasturlarning foydali husussiyatlariga ko‘ra zarari ko‘proq bo‘lishi mumkin. Misol uchun, sizga bilintirmay shaxsiy ma’lumotlaringizni Internet orqali yashirin ravishda yuborib turishi mumkin. 

Abonentning Interneti sarflanishi barcha mobil aloqa xizmatlari bo‘yicha harajatlarini hisoblash bilan bir qatorda maxsus uskunalar – billing tizimi tomonidan nazorat qilinadi. Unda barcha tarif va xizmatlar bo‘yicha ma’lumotlar jamlangan. U yoki bu xizmat ma’lum abonent tomonidan yoqilishi va ishlatishiga qarab tizim kerakli hisob-qitoblarni amalga oshiradi. Bu jarayonga inson aralashuvi minimal darajaga tushirilgan. Aynan kompyuterlar abonent qancha megabayt sarflaganini, qancha daqiqa gaplashganini, u yoki bu xizmat uchun qancha mablag‘ yechilishi kerakligini, to‘plamning qachon muddati tugashini nazorat qiladi. Bu juda murakkab tizim bo‘lib, kuniga 24 soat va haftasiga 7 kun ishlab turadi. Uning uzluksiz ishini ta’minlash uchun o‘nlab mutaxassislar faoliyat olib boradi.

Kezi kelganda eslatib o‘tish keraki, UMS Internetining narxlash kvanti 1 kilobaytga teng. Bu degani, biz sarflangan har bir kilobaytni hisoblaymiz va katta tomonga qarab yaxlitlamaymiz. Qisqa, lekin tez-tez amalga oshiriladigan Internet-sessiyalarda haqiqatdan ham abonentlarning megabaytlari tejaladi.

- “Mutlaqo cheksiz!” xizmatini qanday qilib yoqsam bo‘ladi? Nima sababdan ushbu aksiya ma’lum tarif rejalari uchun amal qiladi? 3 oy bepul gaplashib bo‘lib, “Mutlaqo cheksiz!” xizmatini qaytadan yoqishim mumkinmi?
- “Mutlaqo cheksiz!” aksiyasi doirasida abonentlar 3 oy davomida O‘zbekistonning barcha mobil aloqa operatorlari va shahar raqamlariga bepul va cheksiz qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirishlari mumkin. Bunda ular o‘z tarif rejalaridan foydaladilar. Shuningdek, aksiya bo‘yicha har oy 1000 MB dan bonus taqdim etiladi. 3 oydan so‘ng xizmat avtomatik tarzda o‘chadi, uni qaytadan yoqish imkoniyati yo'q.

Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun 2019-yilning 7-yanvarigacha bo‘lgan muddatda «Optimal», «Optimal+», «Qulay», «Qulay+», «Chilla», «Premial», «Ideal», «VIP», «Qulay Yillik», «Qulay Yillik+», «Premial Yillik», «Ideal Yillik», «VIP Yillik», «777», «Maxi New», «Ultra», «Perfect», «777 Year», «Maxi Year», «Ultra Year» tarif rejalarining biriga ulanish kerak. Eng muhimi, oyiga 33 000 so‘m abonent to‘loviga ega bo‘lgan «Optimal», «Optimal+» tarif rejalarida 3 oy VIP-suhbat qurish mumkin. Bu judayam arzon va qulay!

- Oylik tarif rejalari abonent to‘lovlarini oyining 1-sanasida emas, kechrok, misol uchun, 3 yoki 4-sanada yechishni yo‘lga yo‘qish mumkinmi?
- Texnologik nuqtai nazardan buning hech qanday qiyinchilik joyi yo‘q. Biz to‘lovlar yechilishi kerak bo‘lgan sanani o‘zgartiramiz qo‘yamiz. Bunday tajriba bayram kunlari, misol uchun, Yangi yilda qo‘llanilgan ham. 1-yanvar kuni abonentlarimiz aloqa bo‘lishlari uchun bunday chorani qo‘llaganmiz. Lekin buni bir marotaba amalga oshirish boshqa, doimiy tarzda joriy qilish boshqa. Abonent to‘lovlari har doim 3 yoki 4-sanada yechilishi uchun har bir abonentning roziligi kerak. Chunki hozirga tartibga hamma o‘rgangan va harajatlarini shunga moslab amalga oshiradi. 

- Raqamdan 1-2 oy foydalanmasa, abonent foydalanmagan oylari uchun ham haq to‘laydimi?
- Yo‘q, u bu muddatga haq to‘lamaydi.

Agar abonent balansida tarif rejasining abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, yohud abonent hisobi nolga teng yoki manfiy bo‘lib qolsa uning raqami bandlanadi. Bunda u ilk 30 kun ichida kiruvchi qo‘ng‘iroq va SMS-xabarlarni qabul qilishi mumkin. 

Hisob yetarli summagacha to‘ldirilganda, oy kunidan qat’iy nazar abonent to‘lovi to‘la hajmda yechib qolinadi.

- Menga doim qo‘ng‘iroq qilib, adashib tushishadi. Gap shundaki, boshqa operatorning ham menga o‘xshash raqami mavjud. Nima qilsam bo‘ladi?
- Raqamlarni 9 xonali terish tartibi joriy qilingandan keyin bunday holatlar keskin kamaydi. Abonentlar raqam terishdan avval albatta operator kodini terishlari kerak. Agar sizga adashib tushishayotgan bo‘lsa, raqamni boshqa kod bilan terish kerakligini aytishingiz kerak bo‘ladi. 

- Nima sababdan kompaniyangiz raqamlari viloyat kodi bilan emas, 97 kod bilan boshlanadi? 
- Hududiy telefon kodlari (misol uchun, 71 – Toshkent, 65 – Buxoro va h.k.) “O‘zbektelekom” AK ning telekommunikatsiya tarmoqlariga nisbatan ishlatiladi. Bunday kodni tersangiz, shahar raqamlariga tushasiz. UMS raqamlarini esa faqat 97 kod bilan terish kerak.

- Mening eski UMS raqamim ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarimga bog‘langan edi. Endi u raqamni boshqa odam ulab olibdi. Ijtimoiy tarmoqlarimga qanday kirsam bo‘ladi?
- Eski raqamingizni boshqa abonent ulab olgan hollarda kompaniya sizga hech qanday bera olmaydi. Masalangizni hal etish uchun o‘sha inson bilan bog‘lanib, yordam so‘rashingiz mumkin. 

Agar eski raqamingiz sotuvda bo‘lsa, uni ulab olishingiz mumkin.

- Kompaniyadan keladigan SMS-xabarlar sonini kamaytirishning iloji bormi?
- Kompaniyadan keladigan reklama-axborot husussiyatiga ega xabarlarni olishni xohlamasangiz, “Tarqatishni ta’qiqlash” xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Uni Internet-yordamchi (shaxsiy kabinet) yoki call-markazga qo‘ng‘iroq qilib, ulashingiz mumkin. Ushbu xazmat davlat organlaridan keladigan SMS-xabarnomalarni o‘chirmaydi.

- Agar abonent raqami bandlangan bo‘lsa, u tez tibbiy yordamni qanday chaqirishi mumkin?
- Raqami bandlangan UMS abonentlari 30 kun ichida 101, 102, 103, 1050 maxsus raqamlariga hech qanday cheklovlarsiz qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. 

- UMS ning rasmiy ilovasi qachon ishga tushadi? Operatorlar bilan nafaqat telefonda, balki yozishib gaplashish imkoniyati qachon paydo bo‘ladi?
- Kompaniya kengaytirilgan funksiyalarga ega o‘z mobil ilovasini ishga turishish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan. Unda boshqa qulayliklar bilan bir qatorda operatorlardan yozma ravishda tezkor yordam olish imkoniyatini kiritishni rejalashtirganmiz. Kelasi yilda ushbu ilovada foydalanish mumkin bo‘ladi, degan umiddaman. UMS ning barcha mahsulot va xizmatlari bo‘yicha qisqa va lo‘nda ma’lumotlarni olish uchun hozircha @umsuzinfo_bot rasmiy Telegram-botidan foydalanish mumkin.

- Xitoyga SMS-xabarlarni yuborish imkoniyati qachon paydo bo‘ladi?
- Biz XXR ning uchta yirik aloqa operatorlari – China Mobile, China Telecom va China Unicom lar bilan hamkorlik o‘rnatganmiz. Ularning tarmoqlarida bo‘lgan abonentlarga SMS-xabarlar yuborishingiz mumkin. 

Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha savollar

Savollarga “UMS” MChJ ning Muhim mijozlar bilan ishlash departamenti direktori Andrey Say javob bermoqda:

- Jismoniy shaxslar kompaniyaning korporativ tarif rejalariga ulanishlari mumkinmi?

- UMS korporativ tarif rejalariga faqat yuridik shaxslar hamda hususiy tadbirkor bo‘lgan jismoniy shaxslar ulaninishlari mumkin. bizga ulangan har bir mijozga alohida xizmat ko‘rsatiladi hamda ular barcha xizmatlarni o‘zlariga qulay shaklda boshqarishlari mumkin.

Korporativ mijozga aylanish uchun tashkilot rahbari (hususiy tadbirkor) kompaniya ofislaridan biriga murojaat qilishi va bor-yo‘g‘i bir nechta hujjat taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ushbu hujjatlar qatoriga pasport va yuridik shaxs (hususiy tadbirkorlik) maqomini tasdiqlovchi hujjat kiradi. Ofisda u ulanish uchun talabnoma to‘ldiradi, o‘z imzo va muhrini qo‘yadi. Shunday tarzda aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi rasmiylashtiriladi va tuziladi. Tashkilot rahbari (hususiy tadbirkor) nomidan notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lgan ishonchli vakil ushbu harakatlarni amalga oshirishi mumkin. 

- Hozirda men kompaniya abonentiman. Qanday qilib shu raqamim bilan korporativ mijozga aylanishim mumkin. 

- Avvaldan UMS raqamingiz bo‘lsa va hususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni boshlagan bo‘lsangiz, korporativ tarif rejasiga mazkur raqamingiz bilan ulanishingiz mumkin. Bunda ofisimizda “Raqam egasini o‘zgartirish” xizmatidan foydalanishingiz kerak bo‘ladi.

Kompaniya ofislaridagi sotuvlar va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha savollar

Savollarga “UMS” MChJ Ofislarda sotuvlar va xizmat ko‘rsatish departamenti direktori Denis Linkevich javob bermoqda:


- UMS ofislarida mobil telefonlar, modemlar va routerlar sotuvga chiqadimi?
- Hozirgi kunda UMS kompaniyasi mobil qurilma va gajetlarni sotish tajribasini qo‘llayotgani yo‘q, lekin kompaniya vendorlar (ishlab chiqaruvchilar) bilan qo‘shma aksiyalarni amalga oshirish orqali hamkorlik qilmoqda.

- Nima sababdan ayrim xizmatlar faqat ofislarda taqdim etiladi?
- Abonentlarga iloji boricha ko‘proq qulaylik yaratish ilinjida ularning shaxsiy ma’lumotlari xafvsizligi va sirliligini ta’minlashni unutmaslik kerak. Ofisda ulanadigan xizmatlar abonent o‘zi kelishini va tegishli hujjatlarga qo‘l qo‘yishini nazarda tutadi. 

- Chiroyli raqamlarga 100% chegirmalar mavjudmi? Nima sababdan chiroyli raqamlarni chegirmalar bo‘yicha ulaganda tarif rejasini ma’lum muddat o‘zgartirib bo‘lmaydi? "Gold" tofiasidagi va undan qimmatroq raqamlarga qachon chegirmalar bo‘ladi?
- Chiroyli raqamlarga turli xil chegirmalarni taqdim etishni UMS doimiy tarzda amalga oshirib kelmoqda. Hususan, hozirda abonentlar «Steel Light», «Steel», «Bronze» toifasidagi raqamlarni 100% gacha, «Silver Light» va «Silver» toifalarini 80% gacha chegirmalar bilan ulashlari mumkin. Buning uchun ular bir qator tarif rejalaridan biriga ulanishlari kerak. Eng muhimi, ushbu tarif rejalar “Mutlaqo cheksiz NEW!” aksiyasida ham qatnashish imkonini beradi.

Chiroyli raqamlarni chigirmalar bo‘yicha ulasangiz, ma’lum tarif rejangizni o‘zgartira olmaysiz. Bu xizmatlarimizdan foydalanishingizgizning o‘ziga hos kafolati. Agar bunday shartlarga rozi bo‘lmasangiz, raqamni chegirmalarsiz ulashingiz mumkin, bunda unining haqini to‘laligicha tshlaysiz. 

"Gold" va undan kimmatroq toifalar uchun esa boshqacharoq qulaylik mavjud – bu raqamlarni haqini 6 oy davomida bo‘lib to‘lash mumkin.

- Kachon kompaniya saytida raqamga buyurtma berish xizmati ishga tushadi?
- Raqamga buyurtma berish xizmati bir qator texnik va texnologik yangililanishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu masalalar ustida ish olib boryapmiz.

- Chet elda bo‘la turib, UMS raqamini o‘z nomimga rasmiliylashtirishim mumkinmi?
- Sizning ishonchli vakilingiz nomingizdan harakat qilishi va raqamni nomingizga rasmiylashtirishi mumkin. Buning uchun notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali unga bunday huquqni taqdim etishingiz kerak.

- Ishlatayotgan chiroyli raqamni kompaniyaga qaytarib berib, o‘rniga boshqasini olsam bo‘ladimi?
- Afsuski, telekommunikatsiya bozorida bunday xizmatlar taqdim etilmaydi.

- Chiroyli raqamni qanday qilib boshqa odam nomiga rasmiylashtirish mumkin?
- Buning uchun raqamning yangi egasi kompaniyaga ushbu raqamning haqini to‘lab berishi kerak. Bunday tartib firibgarlikni oldini olish va raqamlar savdosining noqonuniy aylanmasiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amal qiladi. 


Tijorat hamkorlari bo‘yicha savollar

Savollarga “UMS” MChJ ning Hamkorlar bilan ishlar departamenti direktori Sobit Rixsimbayev javob bermoqda:


- UMS kompaniyasi rivojida dilerlarning o‘rni qanday?

- Abonent yoki bo‘lajak mijoz uzoqqa borib o‘tirmasdan, uy yoki ishxonasiga yaqin joyda kompaniya xizmatlaridan foydalanishini ta’minlash kompaniyamiz uchun juda muhim. Bizning tijorat vakillarimiz (biz ularni tijorat hamkorlari deymiz) mijozlarimizga iloji boricha yaqin bo‘lishga yordam berashadi: raqamlar va xizmatlar ulashadi, maslahatlar berishadi, shikoyatlar bilan ishlashadi. Ular nafaqat o‘z savdo shahobchalarida ishlaydilar, balki UMS belgilari tushirilgan maxsus avtomobillarda joylarga chiqib, xizmat ko‘rsatadilar. Hozirgi kunda O‘zbekistonda UMS tijorat vakillarining 1300 dan ziyod savdo shahobchalari xizmat ko‘rsatmoqda. 

UMS kompaniyasi ular bilan qulay va ikki tomonlama manfaatli hamkorlik qilib kelmoqda. Ularga bonus berish va qo‘llab-quvvatlashi tizimi doimiy tarzda takomillashtirib borilmoqda.


Aloqa va Internet sifati bo‘yicha savollar

Loyiha doirasida aloqa sifatiga doir ko‘plab savollar kelib tushdi. Abonentlar o‘z aholi punktlari, tuman va shaharlari doirasida tarmoqni rivojlantirish rejalari bilan qiziqishmoqda. Bu turdagi murojaatlar o‘rganib chiqish va hududtlarni rivojlantirish rejalariga kiritish uchun tegishli texnik bo‘linmalarga taqdim etildi. 

Qolgan savollarga esa «UMS» MChJ ning texnik direktori Olga Filatova javob bermoqda:


- UMS ning 4G Interneti qachon O‘zbekiston shahar va tumanlariga keng tarqaladi?

- Hozirgi kunda UMS kompaniyasi O‘zbekistonning barcha hududlarini to‘rtinchi avlod Interneti bilan 2019 va kelgusi yillarda ta’minlashga qaratilgan yirik loyihani amalga oshirishga kirishdi. Natijada, 4G LTE avval viloyat va tuman markazlarida, keyinchalik esa qolgan hududlarda paydo bo‘ladi.

- Qishloq hududlarida Internet sifatini yaxshilash bo‘yicha qanday ishlarni amalga oshirmoqdasiz? Qachon tog‘li va chekka hududlarda aloqa sifati yaxshilanadi?
- UMS kompaniyasi yangi baza stansiyalarini o‘rnatish, mavjud uskunalarni yangilash, transport tarmog‘ini yanada yaxshilash bo‘yicha ishlarni doimiy tarzda olib bormoqda. Bu keng qamrovli va qiyin ish. O‘zbekistonda minglab aholi punktlari mavjud bo‘lib, ulardagi aholi zichligi yuqori – bunday omillar tarmoq qamrovini kengaytirish va sig‘imini oshirish bo‘yicha ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni talab qiladi.

Bunda biz aloqa va Internet sifatini nafaqat shahar va tumanlarda, balki chekka-chekka va tog‘li hududlarda ham yaxshilashga bel bog‘laganmiz. Aytib o‘tish kerakki, bu yo‘nalishdagi ishlar tabiiy sabablarga ko‘ra o‘ta og‘ir hisoblanadi. Misol uchun, tog‘li hududda baza stansiyasi keng qamrovli bo‘lishi uchun uni eng yuqori nuqtaga qo‘yish kerak. Bunday joyda odamlar yashamaganligi uchun infratuzilma yaratilmagan bo‘ladi. Shuning uchun baza stansiyasini o‘rnatishga odatdagidan ko‘proq vaqt talab etiladi hamda og‘ir ob-havo va geografik sharoitlarda amalga oshiriladi. Bunday omillarga qaramasdan ohirga yilda Toshkent viloyatida (Bo‘stonliq va Parkent tumanlarida, Qamchik dovonida) qamrovli ishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldik.

Hozirgi kunda Surxondaryo viloyatida O‘zbekistonda yagona bo‘lgan RuralStar texnologiyasini sinovdan o‘tkazmoqdamiz. Ushbu texnologiyadan foydalangan holda kam aholiga ega eng chekka hududlarda baza stansiyalarini ishga tushirish hamda aloqa bilan ta’minlash ishlari tezlashadi. Hozir ushbu texnologiya yordamida Denov tumanining Sino, Qvaysuv, Ushor qishloqlari aholisi UMS ning sifatli aloqasidan bahramand bo‘lmoqda.

- Qachon UMS 5G standartini joriy qiladi?

- UMS kompaniyasi barcha texnologik yangiliklar bilan qiziqib kelmoqda va ularni O‘zbekiston sharoitiga joriy qilishni tahlil qilmoqda. Bu 5G texnologiyasiga ham taaluqli. Alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, 5G bir qator mamlakatlarda sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganligiga qaramasdan, uni keng joriy qilish va qo‘llash bo‘yicha aniq strategiya va yechimlar xalqaro miqyosda hali-hanuz mavjud emas. 

Hozir UMS kompaniyasining ustuvor vazifasi – shahar yoki qishloqligidan qat’iy nazar O‘zbekiston bo‘yicha sifatli aloqani ta’minlash. Shuning uchun o‘rta muddatli rejalarimiz bu maqsadlarni amalga oshirishga qaratiladi. 5G tarmog‘i ham vaqti-soati kelib albatta ishga tushiriladi.

- UMS Interneti sifati yaxshilanadimi?

- Operator Internet sifatini yaxshilash, uskunalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha doimiy va rejali ishlarni amalga oshirmoqda. Abonentlar, albatta, Internet sifatini bosqichma-bosqich yaxshilanishini his qilishadi. Bir narsani aniq tushunishingizni xohlardik. Internet sifatini yaxshilash – bu bir daqiqalik ish emas. Qaysidir qizil knopkani bosib, shu onning o‘zida Internetni tezlashtirib bo‘lmaydi. Bu keng qamrovli jarayon, u texnik va texnologik uskunalar va axborot texnologiyalari tizimlarini yaxshilash bilan bir qatorda amalga oshiriladi. 

- Smartfonimda 4G ishlashi uchun nima qilishim kerak? Ko‘proq smartfonlarda 4G ishlashi uchun kompaniya 800 MGs 20 Band diapazonidan tashqari boshqa diapazonlarni joriy qiladimi? Nima sababdan men viloyatdan olgan raqamim bilan Toshkentda 4G da foydalana olmayman&

- 4G LTE ishlashi uchun, eng avvalo, uning qamrovi hududida bo‘lishingiz kerak.

Ikkinchidan, mobil qurilmangiz ushbu standartda ishlay olishi kerak. E’tibor bering, hozirda UMS ning 4G LTE tarmog‘i faqat 800 MGs 20 Band diapazonida ishlamoqda. Kelgusida 1800 MGs va 2600 MGs diapazonlarini ham ishga tushiramiz. 

Uchinchidan, smartfoningizda *222*1# USSD-buyrug‘ini terishingiz, va bu orqali tarmoqqa kirish bepul xizmatini faollashtirishingi kerak. Smarton sozlamalarida 4G LTE tarmog‘i tanlanganligini tekshirib ko‘ring va qurilmangizni o‘chirib yoqing.

4G LTE'ga kirish xizmati ushbu tarmoq joriy qilingan hududlardagi abonentlar uchungina amal qiladi. Tarmoqni kengaytirganimiz sayin xizmatdan foydalanish qamrovi ham kengayadi. Hozirgi kunda Toshkent shahrida bo‘lsangiz 4G LTE tarmog‘iga kirish uchun poytaxt yoki Chirchiq shahridan raqam olishingiz kerak bo‘ladi. 

- Rozilik bersam, qishloqdagi uyimning tomiga antenna qurib bera olasizlarmi? 

- UMS kompaniyasi bir qavatli imoratlarning tomiga baza stansiyasini qurish amaliyotini keng qo‘llamaydi, biz uni ko‘proq baland machtalarga o‘rnatamiz. Agar hovlingizda bunga sharoitingiz bo‘lsa, bir qator omillarni hisobga olishingiz kerak. Baza stansiyasini bunday holatda qurish uchun bittagina o‘zingizning roziligingiz kifoya qilmaydi. Qo‘ni-qushnilarning roziligini olish kerak, chunki ular baza stansiyasi machtasi uylarining yonginasida o‘rnatilishiga qarshi bo‘lishlari va shikoyatlar bilan turli xil idoralarga murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek, baza stansiyasini o‘rnatish uchun uyning kadastr hujjatlarini taqdim etishingiz kerak bo‘ladi. Va eng muhimi, uyingizning joylashuvi geografik nuqtai-nazardan mobil aloqa ishlashi uchun qulay bo‘lishi kerak, chunki baza stansiyasi to‘g‘ri kelgan joyda qurilmaydi, u boshqa baza stansiyalar bilan aloqada bo‘lishi va signallari to‘g‘ri tarqalishi kerak. 

- Nima sababdan elektroenergiya o‘chganida baza stansiyasi signali yo‘q bo‘lib qoladi yoki sustlashadi?

- Baza stansiyalarga akkumulyatorlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Svet o‘chganida ular ishga tushadi va baza stansiyasini kerakli energiya bilan ta’minlaydi. Akkumulyatorlarging sig‘imi cheklangan bo‘lganligi uchun va u ko‘proq ishlab turishi uchun baza stansiyasining ayrim peredatchiklari ishlamay turishi mumkin. Svet uzoq muddat yo‘q bo‘lsa, akkumulyator quvvati ham yakunlanadi va natijada baza stansiyasi ishlamay qoladi. Bunday holatlarni oldini olish maqsadida baza stansiyalariga ko‘shimcha ravishda dizel generatorlar ham o‘rnatiladi, lekin ular hamma baza stansiyalarida ham mavjud emas.

- Hozir HD Voice xizmati ishlayaptimi? Agar ishlayotgan bo‘lsa, qaysi viloyatlarda?

- HD Voice xizmati telefonda suhbatlashayotganingizda tovushlar o‘ta tiniq bo‘lishini ta’minlaydi. U bunday texnologiyada ishlay oladigan mobil qurilmalarda avtomatik tarzda ishga tushadi. Tarmog‘imizda HD Voice xizmati 2014-yilning dekabr oyida ishga tushirilgan va u hozircha Toshkent hududida ishlab turibdi.

Ishga joylashish bo‘yicha savollar 

Savollarga “UMS” MChJ Xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Qodirjon Nazarov javob bermoqda:


- Kompaniyangizga IT sohasida qanday qilib ishga joylashishim mumkin? O‘rta yoki o‘rta maxsus ta’lim dargohini bitirib, sizlarga ishga joylashish mumkinmi? Qaysi lavozimlarga?
- UMS ning ahil jamoasiga qo‘shilish niyatida bo‘lganlar, eng avvalo, www.ums.uz rasmiy saytidagi “Bo‘sh ish o‘rinlari” bo‘limiga kirishlari kerak. Ushbu bo‘limda mavjud ish o‘rinlari va nomzodlarga talablar bo‘yicha barcha ma’lumotlar taqdim etilgan. Har bir yirik bo‘linma va ulardagi ishchilarga bo‘lgan ehtiyojlar bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Viloyatlardagi bo‘sh ish o‘rinlari alohida taqdim etilgan. 

Qiziqtirgan bo‘sh ish o‘rnini tanlab, nomzod qanday talablar (ma’lumoti, ishtajribasi, vazifalari va h.k.) qo‘yilganligi bilan tanishib chiqishi kerak. Yosh mutaxasisslar, shu jumladan o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega yoshlar koll-markaz yoki savdo va xizmat ko‘rsatish bo‘limlaridagi bo‘sh ish o‘rinlariga harakat qilib ko‘rishlari mumkin.

Har bir bo‘sh ish o‘rni ta’rifida rezyumeni yuborish mumkin bo‘lgan elektron manzil ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, nomzod onlayn anketani to‘ldirishi ham mumkin.

Agar viloyatlardagi ish o‘rinlari qiziqtirgan bo‘lsa, hujjatlarni topshirish huddi shu yo‘sinda amalga oshiriladi. Xodimlarimiz sizning ma’lumotlaringizni olib, ko‘rib chiqib, tegishli viloyatdagi ofisga taqdim etadi.

- Kelajakda uyali aloqa kompaniyasida ishlamoqchiman. Menga qanday bilim va ko‘nikmalar kerak bo‘ladi?
- Uyali aloqa kompaniyasi faoliyatini ta’minlashda turli xil soha mutaxassislari ish olib borishadi. UMS kuchli bilimlar va yetarli ko‘nikmalarga ega, maqsadga erisha olidagan, bir jamoa bo‘lib harakat qiladigan, tashabbusni o‘z qo‘liga olishga qodir mutaxassislarni ishga olishga harakat qiladi. Shu bilan birga, istiqbolli yosh kadrlarni ishga olishga, ularning bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirishga, professionalligini oshirishga ham adohida e’tibor qaratyapmiz. 

Savolingizga javob tariqasida shuni aytmoqchimanki, eng avvalo, o‘zingizga yoqqan kasbni egallang, aniq professional va hayoti maqsadlarni o‘z oldingizga qo‘ying hamda ularga intiling. Aynan shunda siz o‘z ishining yetuk ustasiga aylanasiz hamda nafaqat aloqa sohasi, balki boshqa sohalar uchun ham bebaho kadrga aylanasiz.

Va yana qiziq savollar…

Ularga barcha rahbar xodimlar javob berishadi.

- Rahbar xodim chiroyli raqamlarni bepul ulab olishi mumkinligi rostmi?

«UMS» MChJ tijorat direktori Lola Filatova:

- Yo‘q, mutlaqo noto‘g‘ri. UMS kompaniyasi xodimlarini, shu jumladan rahbarlarini, chiroyli raqamlar bilan ta’minlash amaldagi imtiyozlar tizimiga kiritilmagan. Kompaniya rahbar xodimi bo‘ladimi yoki oddiy ishchimi, u chiroyli raqamlarni abonentlar bilan bir xil shartlarda sotib oladi. 

- Omadingiz ketib qolgan paytlar ham bo‘lganmi? Aytib bering.

«UMS» MChJ Abonentlarga xizmat ko‘rsatish departamenti direktori Olga Kim:

- Rahbar haqiqiy lider bo‘lishi uchun o‘z dunyoqarashini o‘zgartirib borishi kerak. Barchamiz insonmiz, barchamizning hayotimizda yahshi voqealar ham, omadsizlik xam bo‘lib turadi. Lekin liderlar uchun omadsizlik tushunchasining o‘zi yo‘q – qandaydir qiyinchilikka duch keldingizmi, demak bu tajribangiz oshishiga olib keluvchi yo‘l, kuch va imkoniyatlaringiz sinovi va shu bilan birga ularni oshirish uchun qulay vaziyat. Aynan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar o‘z ustida ishlashga, mukammallikka yetaklaydi. 

- Ish faoliyatingizda qarashlaringizdan (prinsiplaringizdan) vaqtinchalik voz kechishga to‘g‘ri kelganmi?

«UMS» MChJ texnik direktor Olga Filatova:

- O‘ylaymanki, juda ko‘p vaziyatlarda jamoa liderining qat’iyligi juda katta rol o‘ynaydi. Lekin shu bilan birga jamoa a’zolarini eshita bilish, ularning pozitsiyalarini tushunish qaror qabul qilishda o‘ta muhim. 

- O‘zingiz qo‘llaydigan 5 ta eng samarali taktika (maslahat, uslub) haqida aytib bera olasizmi?

“UMS” MChJ Xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Qodirjon Nazarov:

- Bo‘limimiz faoliyatida, boshqa bo‘limlar bilan ishlashda hamda nomzodlar bilan aloqa qilishda oddiy, lekin o‘ta samarali uslublardan foydalanamiz. Xodimlar bilan ishlashda quyidagi beshta omilga alohida etibor qaratish kerak: 

• Munosib mehnat sharoitini yaratish;

• Moddiy va nomoddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yish;

• Xodimlarning bilimlarini oshirish va faol mehnatga jalb qilish strategiyasini qo‘llash;

• Ish faoliyatini rejalashtirish va kerak bo‘lganda, o‘zgartirishlar kiritish;

• Jarayonlarda tahliliy yondashuvni qo‘llash.

Aynan shu va boshqa ko‘plab omillar kompaniyani mehnat bozorida jozibador ish beruvchi sifatida namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi. 

“UMS” MChJ ning Hamkorlar bilan ishlar departamenti direktori Sobit Rixsimbayev:

- Ish faoliyatim bo‘yicha har xil insonlar bilan – jamoam a’zolari, ko‘p sonli tijorat hamkorlari, ularning xodimlari bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. O‘z ishimda aniq qoidalarga amal qilishga harakat qilaman. Ularning ayrimlari quyidagicha:

• Yosh kadrlarga ustozlik qilish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tizimini ta’minlash;

• Xodimlar va hamkorlarning fikr-mulohazalari va takliflariga quloq tutish;

• Barcha jarayon va masalalarda puxta bo‘lish;

• Belgilangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish;

• Kamchiliklar aniqlansa, ularni yo‘lga qo‘ygan xodim bilan boshqalarni aralashtirmagan holda yakka tartibda gaplashish.

Bu va boshqa qoidalar muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi.


- Vazifalaringizni bajarishdan tashqari yana qanday ish bilan shug‘ullangansiz?

“UMS” MChJ ning Muhim mijozlar bilan ishlash departamenti direktori Andrey Say

- Uyali aloqa operatori ko‘plab tuzilmalardan iborat bo‘lishiga qaramasdan, ularning barchasi bitta katta jamoadek harakat qilishi kerak bo‘ladi. Ishdagi bevosita vazifalarimdan tashqari boshqa tuzilmalar faoliyatini yanada takomillashtirish, ular oldida turgan maqsadlarni amalga oshirishning maqbul yechimlarini topishda faol ishtirok etaman.

Ro'yxatga qaytish