Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS abonentlar uchun bepul suhbatni yo'lga qo'ydi

Qaysi abonent ko'p gaplashib, mablag'ni tejashni orzu qilmaydi, deysiz? UMS ning yangi va amaldagi abonentlari uchun endi bu xom-xayol emas!

Oyiga qancha daqiqa gaplashibmanu, qancha mablag' sarflabman, deb hisoblashni chetga surib qo'yish vaqti keldi. Axir 14 sentyabrdan yangi imkoniyatlar davri boshlanmoqda. Endi tarif rejasidan qat'iy nazar cheksiz suhbatlashish uchun UMS abonenti yoki korporativ mijoziga aylanish kifoya! Bu O'zbekiston aholisi uchun noyob imkoniyat!

Hamyurtlarimiz telefonda juda ko'p gaplashishadi va shunga yarasha harajat ham qilishadi. Buni inobatga olgan holda UMS mobil operatori 2016 yildan boshlab doimiy ishlaydigan «Super 0» xizmatini ishga tushirgan va o'z abonentlariga tarmoq ichida bepul suhbatlashish imkonini yaratgan edi.

Endi esa kompaniya O'zbekiston aholisiga haqiqatdan dolzarb va kerakli sovg'ani taqdim etmoqda. “Mutlaqo cheksiz!” xizmatini yoqib olgan abonentlar 3 oy davomida mamlakatimizning barcha uyali aloqa operatorlari va shahar raqamlariga cheksiz qo'ng'iroq qilishlari mumkin, shuningdek, ularga bonus sifatida har 1000 MB bepul taqdim etiladi! Xizmatni yoqish yoki undan foydalanish uchun hech qanday to'lovlar yo'q!

Bunga ishonish qiyin bo'lishi mumkin, lekin UMS kompaniyasi buni amalga oshirdi! Ushbu aktsiya e'lon qilinishidan avval keng miqyosda reklama kampaniyasi bo'lib o'tishi va unda “O'zbekistonda ilk bor!”, “Eski qarashlarni o'zgartiramiz” va “Chegaralarni olib tashlaymiz” firklari keng targ'ib qilinishi bejizdan emas. Aholi barcha qo'ng'iroqlar bepul bo'lishi fikriga ishonqiramay qarashi mumkin, lekin UMS cheksiz suhbatdan har bir inson zavqlanishi mumkinligini namoyish qilmoqda.

Ushbu taklifdan foydalanish uchun jismoniy shaxs va korporativ mijozlarga mo'ljallangan tarif rejalaridan biriga ulanib, UMS abonentiga aylanish kerak. Ushbu tarif rejalar qatorida oylik abonent to'loviga ega «Optimal», «Optimal+», «Qulay», «Qulay+», «Premial», «Ideal», yillik abonent to'loviga ega «Qulay Yillik», «Qulay Yillik+», «Premial Yillik», «Ideal Yillik», hududiy «Chilla» hamda korporativ «Corporate 777», «Corporate Maxi», «Corporate Ultra», «Corporate» tariflar bor. UMS ga ulanish uchun respublika bo'yicha kompaniyaga qarashli ko'plab ofislar va tijorat hamkorlari savdo shahobchalariga murojaat qilish kerak holos.

Kompaniya amaldagi abonentlarni, ya'ni har xil davrlarda UMS ni o'z ishonchli operatori sifatida tanlaganlarni ham unutgani yo'q. Ular yuqorida ko'rsatilgan tarif rejalarida bepul suhbatlashish xizmatini ulash uchun *165*1# USSD-buyrug'idan foydalanishlari kerak.

Aytib o'tish joizki, “Mutlaqo cheksiz!” aktsiyasi «VIP», «VIP Yillik», «Corporate VIP», «Corporate Perfect» tarif rejalarida ham amal qiladi. Ushbu tariflarda suhbatlashish avvaldan bepul ekanligini ko'pchilik yaxshi bilsa kerak. Hozirda esa, aktsiya shartlariga ko'ra, bu tariflardan foydalanayotgan abonentlar qo'shimcha 1000 MB bonusga ega bo'lishlari mumkin.

«O'zbekiston aholisi abonentimizga aylanib, mamlakat bo'yicha cheksiz va bepul suhbat qilishi uchun sharoit yaratdik. Bu holat O'zbekiston mobil aloqa bozori tarixida birinchi marta bo'lmoqda va kommunikatsiyalarning yangi davrini ochib bermoqda. Aktsiya bo'yicha nafaqat daqiqalar, balki har oy 1000 MB dan bepul beramiz. Umid qilamizki, ushbu taklifimizni aholi qo'llab-quvvatlaydi hamda har bir insonga ma'qul keladigan yanada qulayroq xizmatlarni joriy qilishga bizni ilhomlantiradi. Bir narsani alohida ta'kidlab etmoqchi edim. Raqamini o'zgartirish va eski kontaktlarini qo'qotib qo'yishdan qo'rqayotgan abonentlar uchun UMS ning «Mening yangi raqamim» xizmati ishlab turibdi. Uning yordamida abonentning eski raqamiga qo'ng'iroq qilganlar uning yangi raqami haqida xabar topishadi», - deya, izoh berdi «UMS» MChJ marketing bo'yicha direktori Elmir Gabdeev.

O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlarga mutlaqo cheksiz daqiqalar bunday qulay shartlarda va tarif rejalariga bog'lanmagan holda taqdim etilishi – mamlakat telekommunikatsiya bozori uchun umuman yangi holatdir. O'z strategik rivojlanishining yana bir cho'qqisiga chiqqan UMS kompaniyasi yil yakunigacha bir qator eksklyuziv taklif va yangiliklarni tayyorlamoqda.

Ro'yxatga qaytish