Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS ICTEXPO-2018’da O‘zbekistondagi noyob xizmat va texnologiyalarni namoyish qilmoqda

UMS mobil operatori Toshkent va Jizzaxda ochilgan ICTEXPO-2018 axborot texnologiyalari ko‘rgazmasida yangi mahsulot va texnologiyalar bilan ishtirok etmoqda.

Kuzning birinchi oyi odatda O‘zbekiston uchun yorqin va esda qoladigan voqea-hodisalarga boy bo‘ladi. ICTWEEK Axborot texnologiyalari haftaligi hamda uni doirasida o‘tkazilib kelinadigan ICTEXPO ko‘rgazmasi ham ular qatorida. Bu tadbirlar telekom bozori ishtirokchilari uchun katta ahamiyat kasb etadi hamda erishayotgan yutuq va natijalarni namoyish qilishga, yangi hamkor va mijozlarni topishga ko‘mak beradi. UMS kompaniyasi uch yil davomida ko‘rgazmada qatnashib kelmoqda. Mazkur yilda esa kompaniya Jizzaxdagi hududiy ko‘rgazmada ham ilk bor ishtirok etmoqda.

UMS ICTEXPO-2018 da yangi mahsulotari va texnologiyalar bilan qatnashmoqda. Ularning bir qismini yil davomida aholi e’tiboriga taqdim etganmiz va ular ijobiy baholangan. “Mutlaqo cheksiz!” nomli noyob va misli ko‘rilmagan aksiyamizni bunga yorqin misol sifatida keltirishimiz mumkin. Kompaniya O‘zbekiston mobil aloqa tarixida ilk bor abonentlarga 3 oy davomida boshqa uyali aloqa operatorlar va shahar raqamlariga mutlaqo bepul suhbatlashishi imkonini berdi. Xizmat eng ommapob tarif rejalarida ishlaydi, undan yangi ulangan va avvaldan xizmatlarimizdan foydalanib kelayotgan abonentlar hamda korporativ mijozlar foydalanishlari mumkin, — deydi UMS MChJ marketing bo‘yicha direktori Elmir Gabdeyev.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yosh mobil operator bo‘lgan UMS ushbu aksiyani joriy etib, shu yilning o‘zida ikkinchi marta mobil aloqa bozoriga yangi impulslarni berdi. Birinchi marta esa bunday holat 2018-yilning mart oyida, kompaniya bir vaqtning o‘zida aholi uchun 9 ta tarif rejasini va 2 ta turistik tarif rejasini joriy qilganda kuzatilgandi. Kompaniyaning yangi mahsulotlari keng ommaning e’tiborini tortdi va bozordagi boshqa ishtirokchilarni yangi takliflar bilan chiqishga undadi.

Aytib o‘tish joizki, hozirda faqat UMS kompaniyasi mobil aloqa abonentlari uchun yillik tarif rejalarini joriy qilgan. Shu yilning yozida ular qatoriga yana beshta - “Qulay Yillik”, “Qulay Yillik+”, “Premial Yillik”, “Ideal Yillik”, “VIP Yillik” tarif rejalari qo‘shildi.

Har yili ICTEXPO ko‘rgazmasi ko‘plab xorijiy ishtirokchi va mehmonlarni o‘ziga jalb etishini inobatga olgan holda UMS “Uzbekistan Pass 2000” va “Uzbekistan Pass 5000” turistik tarif rejalarini ham ularning e’tiboriga taqdim etmoqda. Ushbu tariflar xalqaro tajriba va O‘zbekiston turistik bozorining milliy husussiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Qulay narxlarga ega ushbu tarif rejalari horijiy sayyohlarga ular mamlakatimizda bo‘lgan davrda qo‘l keladigan megabayt va daqiqa to‘plamlarini o‘z ichiga olgan.

Ko‘rgazmaga kelganlar nafaqat bu va boshqa takliflar bilan tanishib chiqishlari, balki UMS mijoziga aylanishlari mumkin.

UMS o‘z faoliyatida korporativ segment bilan ishlashga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. ICTEXPO ko‘rgazmasi esa kompaniyaning biznes uchun imkoniyatlarini namoyish qilishiga, hamkorlar qatorini kengaytirish va mijozlarni orttirishga xizmat qiladi. Kompaniyamiz bu turdagi mijozlarga eksklyuziv xizmatlarni taqdim etishga tayyor. Misol uchun, “Biznes-xushomad” aksiyasi faol tarzda davom etmoqda. Unga ko‘ra, har bir yangi ulangan korporativ raqamga 6 oy davomida har oy 2000 MB bepul taqdim etiladi. Yaqindagina kompaniya “Qulay almashuv” (tarif rejasi daqiqalarini megabaytlarga almashtirish imkoni) va “Inspektor” (tarif rejasi megabaytlari yakunlangandan keyin internet avtomatik tarzda o‘chib qoladi) xizmatlarini joriy qildi, — deydi UMS MChJ muhim mijozlar bilan ishlash departamenti direktori Andrey Say.

Ushbu texnologiya baza stansiyasining qo‘shimcha uskunalarini o‘rnatishga sarflanadigan vaqt, mablag‘ va kuchni maksimal tarzda tejashga yordam beradi. Oddiy baza stansiyalarini oladigan bo‘lsak, baza stansiyasi, kontroller va kommutator ko‘plab optik tolali kabellar bilan yoki redioreley vositalari yordamida o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. RuralStar texnologiyasi esa yakuniy qismda bunday kabel yoki vositalar ishlatilmaydi, ya’ni u to‘laqonli baza stansiyasi hamda abonent o‘rtasidagi bog‘lovchi vosita vazifasini bajaradi va ko‘plab kilometr naridagi masofalarga aloqa signalini uzatishga xizmat qiladi. Baza stansiyasi ishlashi uchun qo‘shimcha infratuzilma kerak emas, 4G LTE tarmog‘i signali bo‘lsa kifoya. Hozirgi kunda RuralStar texnologiyasi Surxandaryo viloyatida UMS mobil operatori tarmoqlarida sinovdan o‘tkazilmoqda, - deya,izoh berdi UMS MChJ Tarmoqni rivojlantirish departamenti guruh rahbari Aleksandr Melnikov.

ICTEXPO-2018 ko‘rgazmasi uchun UMS mobil operatori alohida syurpriz tayyorlab qo‘ydi — bu yerda O‘zbekiston sharoiti uchun noyob bo‘lgan va UMS birinchi bo‘lib joriy qilayotgan RuralStar texnologiyasi namoyish qilinmoqda.

Poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz” MKK da bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada mehmonlar UMS kompaniyasining zavqli tanlov va o‘yinlarida ishtirok etishlari hamda qimmatbaho sovg‘alarni yutib olishlari mumkin. Kompaniya stendiga kelgan mehmonlar mobil qurilmalar, smart soatlar, Powerbank, megabaytlar va boshqa yutuqlarni qo‘lga kiritishlari mumkin.

Shunday ekan, UMS mobil operatorining 1-sonli pavilyonda joylashgan stendiga xush kelibsiz. Juda ham qiziq bo‘ladi!

Ro'yxatga qaytish