Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Abiturientlar UMS dan bepul megabaytlarga ega bo'lishlari mumkin

UMS mobil operatori “Abiturientga megabaytlar” aktsiyasini ishga tushirdi. Uning shartlariga ko'ra, aloqa operatori tarmog'iga ulangan abiturientlar bepul bonus – 6 oy davomida har oy 1500 MB dan 3000 MB gacha olishlari mumkin.

Iyun oyining yakuni va iyul oyi – minglab yoshlar oliy ta'lim muassasalarining qabul bo'limlariga murojaat qiladigan davr. Bu oxirgi tayyorgarliklar, o'rganilgan materiallarni qaytarish va yanada o'zlashtirish vaqti. Bunda bilimlarning cheksiz manbaasi sifatida Internet xizmat qiladi. Uning yordamida yoshlar elektron kutubxonalarga kirishlari, mantli va suratli ma'lumotlar olishlari, audio va videolektsiya tinglashlari, videoroliklar ko'rishlari mumkin.

Minglab o'qishga ishtiyoqi baland yoshlar manfaatlarini o'ylagan xolda UMS kompaniyasi abiturientlar uchun yangi noyob taklifni joriy qildi. 31 iyun yakunigacha ular respublika bo'yicha UMS ga qarashli ofislarga murojaat qilib, tegishli tartib bo'yicha aktsiyada ishtirok etayotgan tarif rejalarining biriga ulanishlari va Internet-trafik bonusiga ega bo'lishlari mumkin.

Xususan, Optimal va Optimal+, Qulay va Qulay+ tarif rejalariga ulanib, yarim yilga 9000 MB (har oy 1500 MB dan) olish mumkin. Premial va Ideal tarif rejalarining yangi abonentlari yanada ko'proq Internet-trafikka – yarim yilga 12000 MB ga (har oy 2000 MB dan) ega bo'lishlari mumkin. VIP tarif rejasiga ulangan abiturientlarga esa eng katta bonus – 18000 MB (har oy 3000 MB dan) taqdim etiladi.

Tarif rejalari va bonuslarni ulash uchun UMS ofisiga pasportning asl nushasi hamda quyidagi hujjatlardan biri: oliy ta'lim muassasasiga hujjatlarni topshirganlik (ruyxatdan o'tganlik) varaqasini yoki 2017, 2018 yillarda berilgan litsey, kollej diplomi bilan kelish kerak.

- UMS mobil operatori cheksiz Internet-resurslarga erkin va bepul kirish kabi qulayliklarni yaratish orqali intiluvchan yoshlarni qo'llab-quvvatlaydi. “Abiturientga megabaytlar” aktsiyasi aynan shu ezgu maqsadda joriy qilindi. Belgilandigan bonusli Internet-trafikni barcha kundalik ehtiyojlarga ishlatish mumkin, - deya izoh beradi “UMS” MChJ Marketing bo'yicha direktori Elmir Gabdeev.

Aytib o'tish joizki, shu kunlarda UMS abonentiga aylanmoqchi bo'lganlar, shu jumladan abiturientlar uchun ham yana bir qulay aktsiya davom etmoqda. Bir qator tarif rejalariga, hususan “Abiturienga megabay tlar” aktsiyasiga taaluqli tarif rejalariga ulanishda chiroyli raqamlar uchun 100% gacha chegirmalar taqdim etilmoqda.

Ro'yxatga qaytish