Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS dan biznes uchun yangi xizmatlar

“Mobil  aloqa va  mobil Internet –  biznes uchun” - UMS mobil aloqa operatori  bu yil aynan shu tashabbus asosida ishlamoqda. O‘tgan 9 oy davomda kompaniya biznes-subyektlar uchun bir qator yangiliklarni joriy qildi.  Ulardan foydalanib aloqa uchun harajatlarni optimallashtirish, maksimum qulaylikka ega bo‘lish, shuningdek, faol xodimlarni rag‘batlantirish mumkin.

“Korporativ mobil aloqa beriladi” – bu punkt yurtimiz ish beruvchilarining vakansiyalar to‘g‘risidagi e’lonlarida tez-tez uchrab turibdi. Tashkilotlar va kompaniyalar uchun bu mutaxassislar e’tiborini jalb qilish va shu yo‘sinda xodimlarning ijtimoiy himoyasi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirishga yaxshi imkoniyatdir. Lekin, yuridik shaxslarning bunday harajatlari qanchalik oqlanadi?

“UMS” MChJ muhim mijozlar bilan ishlash Departamenti direktori Andrey Tsay:

- Korporativ uyali aoqa mijozlar, hamkorlar va kompaniya ichida xodimlar bilan muntazam aloqada bo‘lish demakdir.  U xodimlarning barcha mobil telefonlari haqqini markazlashtirilgan holda to‘lash va ular hamisha aloqada bo‘lishiga ishonish imkoniyatini beradi. Shu jihatlarni hisobga olib, UMS  mobil operatori korporativ mijozlarga barcha turdagi xizmatlarni ko‘rsatishga intilmoqda.

“UMS” ning  korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish shartlari bilan yaqinroq tanishish maqsadida, biz jarayonni eng boshidan o‘rganib chiqishga qaror qildik. Demak, korporativ mijoz bo‘lish uchun tashkilot rahbari kompaniya ofislaridan biriga murojaat qilishi va atigi ikkita hujjat – pasporti va yuridik shaxs maqomini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak. Ofisda u ulanishga maxsus arizani to‘ldiradi, unga imzosini qo‘yib, tashkilot muhrini bosadi. Aloqa xizmati ko‘rsatish shartnomasi ham xuddi shu usulda rasmiylashtiriladi. Tashkilot rahbari nomidan bosh ishonch qog‘ozi asosida ish yurituvchi ishonchli shaxs ham harakat qilishi mumkin.

“UMS” MChJ muhim mijozlar bilan ishlash Departamenti direktori Andrey Tsay:

- Ulanish paytida eng mas’uliyatli oni - bu xodimlar uchun korporativ tarifni tanlashdir. UMS ning korporativ mijozlar uchun tarif rejalari turlicha bo‘lib, tashkilot va firmalar talabini qondirishi mumkin. Korporativ mijozlarimizning xodimlari mobil Internetdan ko‘proq foydalanishini hisobga olib, yaqinda biz tarif rejalariga kiritilgan megabaytlar hajmini uch karra oshirdik. Narxi esa avvalgidek qoldi. UMS kompaniyasi mijozlarga faqatgina tayyor yechimlarni emas, balki individual tanlangan tarif takliflarini ham beradi. 

Korporativ mijozlar uchun “Cheksiz” xizmatining muvaffaqiyatli ishlab chiqilgani va ishga tushirilgani bu yilgi  yangiliklardan yana biri bo‘ldi. Xodimda tarif rejasidagi daqiqalar yoki megabaytlar tugab qolsa, “Cheksiz” xizmati yordamida har bir daqiqa yoki bir megabayt eng past narxda hisoblanadi.

Bunda mijoz qanchalik ko‘p daqiqa yoki megabayt ishlatsa, aloqa qiymati shunchalik arzonga tushadi. UMS ning “Cheksiz” xizmati aksariyat tariflarda avtomatik tarzda joriy qilingan.

“UMS” MChJ muhim mijozlar bilan ishlash Departamenti direktori Andrey Tsay:

- Korporativ mijozlar xodimlarini rag‘batlantirish va sodiqligini oshirish maqsadida UMS yangi xizmat – “Foydali bitim” xizmatini ishlab chiqdi. Ushbu xizmatga ulanish vaqtida korporativ mijozga tarif rejasi 20% gacha chegirma bilan beriladi. Shu bilan birga, korporativ mijozimiz 10 tadan ko‘p raqamga ulangan bo‘lsa, unga  o‘z xodimlari sodiqligini oshirish uchun jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan tarif rejalarini 20% lik chegirma bilan olish imkoniyati beriladi. Shu tariqa korporativ mijozimiz xodimining barcha oila a’zolari ham arzon  aloqa bilan ta’minlanadi.

Jamiyatning hozirgi rivojlanish sharoitida samarali faoliyat yuritayotgan, lekin korporativ mobil aloqadan foydalanmaydigan kompaniyani tasavvur qilish qiyin. Shu tendensiyani hisobga olib, ko‘p sonli foydalanuvchilar bu sohadagi sinovdan o‘tgan aloqa operatorlarini afzal bilishadi.  UMS kompaniyasi ularning ishonchli yordamchisiga aylanishi va mijozlarga yangi mahsulotlar va betakror yechimlar taklif qilishi mumkin.

Ro'yxatga qaytish