Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS abonentlariga ajoyib sovg‘alar tayyorlamoqda

Yilning tugashiga ham oz vaqt qoldi, mo‘jizalar bayrami Yangi yil esa yaqinlashmoqda. Bu jarayon esa bayram oldi tayyyorgarliklar,  sovg‘alar izlash va tayyorlash bilan davom etadi. Shu munosabat bilan, UMS mobil operatori dekabr oyida an’anaviy tarzda turli noyob xizmatlarni mijozlarga taqdim etmoqda. Kompaniya tomonidan abonentlarni qanday ajoyib sovg‘alar kutyapti? Bu haqida muxbirimiz yaqindan tanishib chiqdi.  

UMS uyali aloqa operatori uch yildan beri O‘zbekiston aholisiga sifatli mobil aloqa va Internet xizmatlarini taqdim etmoqda. Ushbu qisqa davr mobaynida kompaniya raqobatbardoshligini namoyish etdi, an’anaviy mobil aloqa xizmatlari ichki bozorida qator yangi va eksklyuziv xizmatlarni joriy etdi.

https://uzreport.news/fotobank/content/fpSVhOXIfrlerF4yRK6XY6KORk5F0FGzj6rTgIPf.jpeg

“UMS” MChJ HVPC Ta’minot guruhining boshlig‘i Mayya Gaipova:  

- Xizmatlar yoki aksiyalarni amalga oshirishda kompaniya mijozlarning so‘rovlariga va o‘zining ijobiy tajribasiga tayanadi. Misol uchun, har yili dekabr oyida   UMS chiroyli raqamlari  uchun katta chegirmalar taqdim etishi yaxshi an’anaga aylandi. Bu yil kompaniya ushbu aksiyaga yoqimli qo‘shimchalar kiritishga qaror qildi. Birinchidan, u noyabr oyining oxirgi kunlarida, ya’ni odatdagidan ancha oldin boshlangan. Ikkinchidan, u barcha toifadagi chiroyli raqamlarni jalb qiladi. Uchinchidan, ajoyib UMS raqamlari odatdagi narxdan 90 foizga arzonroq narxda sotib olinadi.

Kompaniyaning mavjud va potensial mijozlari ushbu imkoniyatni yuqori baholashmoqda. Buning isbotini, UMS ofisiga kelib, kompaniyaga ulanish va unutilmas raqamlarga ega bo‘lishni istayotganlar soni ko‘payayotganidan ko‘rish mumkin.

https://uzreport.news/fotobank/content/9HJLuHtB5DF7F31GiLeB1MA3l3kZJ3u66HxfAQhJ.jpeg

UMS abonenti Jahongir Bayirov:

- Men anchadan beri UMS ning chiroyli raqamini olishni niyat qilib yurgandim. Bunday aksiya o‘tayotganini eshitib, kompaniyaning ofisiga shoshdim. Menga Silver nomerini 85 %ga arzon olish baxti nasib etdi. Bu juda g‘aroyib chegirma. Mijozlari haqida qayg‘urayotgan UMS kompaniyasiga o‘z minnatdorligimni bildiraman. 

https://uzreport.news/fotobank/content/WjJyEhaqGXzjeewBgxdi7Ghpuk432D4rS7Jud17R.jpeg

UMS abonenti Behzod Rustamov: 

- Tanishlarimizning tavsiyasiga ko‘ra, biz oilaviy UMS kompaniyasiga o‘tayapmiz. Bizni sifatli aloqa, internet va qulay tarif rejalari juda qiziqtirib qo‘ydi. Raqamlar bilan bog‘liq bo‘lgan aksiyalar ham qo‘l keldi. Bir nechta raqam xarid qildim. Bundan juda ham xursandman. 

Yana bir muhim jihat.  Biz suhbatlashishga muvaffaq bo‘lgan abonentlarning aksariyati aloqa sifati va internetga e’tibor qaratmoqda. Ushbu omillar uyali aloqa operatorini tanlashda muhim ahamiyatga ega.  Buni UMS mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar natijalari ham tasdiqlaydi. Respondentlarning 67 foizdan ortig‘i mobil aloqa operatorini aloqa va mobil Internet xizmati sifati uchun tanlaganini aytdi.

https://uzreport.news/fotobank/content/ux51Z9HPimwjoNPcPylRPADo8mx0iibVl7UVf9l9.jpeg

“UMS” MChJ Marketing bo‘limi boshlig‘i Vladislav Bulatevich: 

- Bizning tarmoqni o‘zlarining kundalik vazifalarini hal qilish uchun tanlagan abonentlarni etarlicha rag‘batlantirishga harakat qilmoqdamiz. Ayniqsa, bu mobil Internet uchun sezilarli chegirmalar va bonuslarga nisbatan qo‘llaniladi. Misol uchun, 27 - 30 noyabr kunlari biz "Megabaytlar bilan“ nomli aksiyani e’lon qildik. Abonentlar past narxlarda arzon internet-paketlarni sotib olishlari kerak edi. Eng katta miqdordagi trafikni to‘playdigan 25 ta abonent 5 dekabr kuni xuddi shu  miqdordagi megabaytni bepul oladi.

UMS vakillarining fikriga ko‘ra, 1 dekabrdan boshlab internet-paketlarga oid yana bir tadbir boshlandi. Tadbir avvalgilaridan ham qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda -  unga ko‘ra abonentlar eski narxlar bo‘yicha 25 % ko‘proq internet trafikka ega bo‘ladi. Biroq, dekabr oyining eng muhim yangiliklaridan biri katta pul mukofotlariga ega bo‘lish imkoniyatini beruvchi yutuqli yangi  yil  aksiyasining boshlanishidir. 

https://uzreport.news/fotobank/content/gaJBdmME4FjQKcVZFIcSxw4n3huIULQ6pxBmYlZW.jpeg

“UMS” MChJ Marketing bo‘yicha direktori Elmir Gabdeyev:   

- Biz yirik musobaqani o‘tkazishni rejalashtirganmiz, jami sovrin jamg‘armasi bir necha yuz million so‘mni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda ushbu loyiha ishlab chiqilmoqda, dekabr oyining birinchi o‘n kunligida uning resurslari haqidagi  tafsilotlarni ommaviy axborot vositalari orqali  e’lon qilamiz. Qayd etish joizki, bizning xizmatlarimizdan faol foydalanadigan barcha UMS abonentlari tanlovda ishtirok etishlari mumkin. G‘olib va sovrindorlarni aniqlash marosimi keng jamoatchilik ishtirokida efirga uzatiladi.  Ushbu aksiya UMS mobil operatoridan Yangi yilga munosib sovg‘a bo‘ladi, deb umid qilamiz.

Har qanday biznesning muvaffaqiyatli kaliti –  mijozlarning faol javob qaytarishi, ularni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashidir. Qanoatlangan foydalanuvchi brendni kengaytirishga yordam beradi, o‘z xizmatlarini boshqalarga tavsiya qiladi. shu munosabat bilan, UMS faol abonentlarni yanada ko‘proq yangi imkoniyatlar bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda. Kompaniyaga bog‘liq yangiliklarni kuzatishda davom eting. 

Ro'yxatga qaytish