Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS dan chiroyli raqamlar

Shu kunlarda UMS mobil operatori «Perfect+» maxsus aksiyasini o'tkazmoqda. Uning doirasida abonentlar aynan kompaniyaning tijorat vakillaridan arzon narxlarda eng chiroyli raqamlarga ulanishlari mumkin.

UMS mobil operatori aholining mobil aloqadan keng foydalanishini ta'minlab kelmoqda. Mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatish maqsadida kompaniya respublikamiz hududida nafaqat o'z ofislari, balki dilerlik  tarmog'ini ham kengaytirmoqda. Bunda kompaniyaning tijorat vakillari  hisoblangan xususiy tadbirkorlar  o'z biznesini rivojlantirish va kengaytirish uchun barcha zarur ko'makni oladi.

O'zbekiston mobil aloqa bozorida ikki yildan ortiqroq vaqtdan beri faoliyat yuritayotgan UMS mobil operatori o'z ish ko'lamini yanada kengaytirmoqda. Mijozlarga yanada yaqinroq bo'lishga intiluvchi kompaniya bu borada o'z tijorat vakillariga tayanadi. Ular esa joylarda yangi abonentlarni ulab, har birini kompaniya xizmatlari haqida xabardor qilib kelmoqda.

Potensial yoki yangi mijoz  xizmat olish uchun uyidan chiqmasligi yoki uzoqqa bormasligi UMS kompaniyasi uchun juda muhim, - deydi «UMS» MChJ xizmat ko'rsatish markazi rahbari Dilshod Dadaboyev. - Bizning tijorat vakillarimiz o'z ofislaridan tashqarida ham mijozlarimizga juda yaqin bo'lishimizda ko'mak berishmoqda.

UMS kompaniyasi hamkorlik uchun qulay shartlar yaratgan, hamkorlarga bonus berish va sotuvlarni rag'batlantirish tizimi ham doimiy ravishda tijorat vakillari foydasiga qayta ko'rib chiqilmoqda. Bunda UMS va uning tijorat vakillari har bir salonda abonentlar o'zini xuddi uydagidek his qilishi, yuqori darajali xizmatdan bahramand bo'lishlariga intiladi. Uyali aloqa dilerlik tizimida raqobat juda kuchli. Shu sababdan xizmat ko'rsatish sifatini oshirish va yuqori standartlarga mos kelish ustida doimiy ish olib borish kerak. Aynan shuning uchun ham kompaniya mijozlari UMS mobil operatori bilan u tashkil topganidan beri hamkorlik qilib kelmoqda. Ularning hamkor sifatida aynan UMSni tanlagani ham bejiz emas. Chunki kompaniya   yurtimiz bozorida izchil rivojlanayotgan va xizmatlari aholi orasida katta qiziqish uyg'otadigan kompaniyadir.

Shu kunlarda UMS mobil operatori «Perfect+» maxsus aksiyasini o'tkazmoqda. Uning doirasida abonentlar aynan kompaniyaning tijorat vakillaridan arzon narxlarda eng chiroyli raqamlarga ulanishlari mumkin. «UMS» MChJ xizmat ko'rsatish markazi rahbari Dilshod Dadaboyevning qo'shimcha qilishicha,  «Perfect+» aksiyasi bu UMSning chiroyli raqamlariga katta chegirma bilan ulanish demakdir. Toshkentda bunday raqamlar yarmidan ko'proqqa, boshqa hududlarda esa – 70 foizga arzonlashdi. Raqamni bunday chegirma bilan xarid qilish uchun mijozlar kompaniya dilerlariga murojaat qilib, «Perfect» tarif rejasiga ulanishlari kerak. Ta'kidlash kerakki, sotuvda juda ko'p chiroyli raqamlar bor. Yaqinda Toshkentda 781, Samarqandda esa 398 – yangi prefikslari ochildi. Qolgan viloyatlarda ham boshqa prefikslar ochilgan.

UMS tijorat hamkorlarining faoliyati yangi abonentlarni jalb etish, hududning yarmidan ko'pini sifatli servis bilan qoplash, kompaniya brendining mashhurligini oshirishga qaratilgan.

Ro'yxatga qaytish