Biz ijtimoiy tarmoqlarda
"UMS" mobil operatori: korporativ mobil aloqaning afzalliklari bisyor
O'zbekiston iqtisodiyotining faol rivojlanishi biznes bilan shug'ullanuvchi sub'ektlar sonining ortishiga yordam bermoqda. Ko'plab korxonalar, kompaniyalar va firmalar muvaffaqiyatga erishish, sotuvlar hajmining ortishi, sheriklar bilan amaliy hamkorlikni o'rnatish va rivojlantirishdan manfaatdor. Bunda mobil aloqa ularning ishonchli yordamchisiga aylangan. U vaqtni tejash va barcha amaliy masalalarni tezkorlik bilan hal etishda yordam beradi. Hamkasbim “UMS” mobil operatori ekspertlaridan korporativ mobil aloqaning afzalliklari haqida qiziqdi.  

Korporativ uyali aloqa. Bu atama xodimlarning ishga joylashishini rag'batlantirish tizimiga tobora kirib bormoqda. Ekspertlarning fikricha, xodimlarga ixtiyoriy tibbiy sug'urta bilan birga korporativ uyali aloqani taqdim etish kompaniyalarga mehnat bozorida ham, jamoa ichida korporativlik ruhiga erishishda ham sezilarli afzalliklarni beradi.  

“UMS” MChJ Muhim mijozlar bilan ishlash bo‘yicha departament direktori Andrey Say “UzreportTV” telekanali muxbiriga bergan intervyusida jumladan shunday dedi:

–  Korporativ uyali aloqaning ahamiyatini bir so'z bilan ifodalash qiyin. U eng avvalo xodimlarning telefondagi suhbatlari uchun sarf-harajatlarini rejalashtirish va boshqarishga qo'mak beradi. Bundan tashqari, “UMS”ning korporativ tariflarida «Super 0» xizmatini yoqtirish va “UMS”ning barcha abonentlari bilan bepul muloqot qilish mumkin. Shuningdek, korporativ aloqa xodimlarni yanada rag'batlantirish, uning maqomini oshirishda ham ayni muddaodir. Buning uchun menedjer unga taqim etilgan limitlar va megabayt hajmini oshirishi, qo'shimcha xizmatlar, masalan, xalqaro qo'ng'iroqlar yoki roumingni yoqtirishi mumkin.

Korporativ uyali aloqaning asosiy afzalligini “UMS” mutaxassislari individual tarif takliflari va chegirmalardan korporativ mijozning ehtiyojiga qarab foydalanish imkoniyati borligi bilan izohlaydi. Bundan tashqari, har bir korporativ mijoz – yuridik shaxs individual xizmatga ega bo'ladi va mobil aloqaning barcha xizmatlarini o'ziga qulay shaklda boshqaradi.

“Mijozlar uchun har oy beriladigan aloqa limitlarini yetkazish muhim masala hisoblanadi. “UMS” kompaniyasi buni qanday hal qiladi?”– deya savol bilan murojaat qildi telekanal muxbiri.

“Yaqinda “UMS” kompaniyasi bozorda noyob hisoblangan «Korporativ bit» xizmatini ishga tushirdi. Bu xizmat Internet trafigiga ketgan harajalarni va trafik daqiqalarni optimallashtirish imkoniyatini beradi.   Buni misol orqali tushuntirib beraman. Biroq avval siz mening bir savolimga javob berishingizni istardim. Aytaylik, korporativ mijozda tarif rejasi doirasidagi megabaytlari tugadi va uning balansidan sarf ketmoqda”,– deya javob qildi Andrey Say va muxbirga savol berdi: –  Nima deb o'ylaysiz, limitdan tashqari internet megabayti qancha turadi?

“10 sent atrofida,  deb o'ylayman”– deya javob qaytardi telekanal muxbiri.

Andrey Say– Ha, siz mutlaqo haqsiz. Bu holatda agar abonent, misol uchun, limitdan tashqari 1000 megabayt sarflagan bo'lsa, bu necha pul bo'lishi mumkin?

Muxbir: – 100 dollar.

Andrey Say: – To'g'ri. ”Korporativ bit” xizmati bilan esa holat biroz boshqacharoq ko'rinishga ega bo'ladi. Abonent qanchalik ko'p megabaytni ortiqcha safrlab yuborsa, u shunchalik arzonga tushadi. Natijada 1000 megabayt endi 100 dollar emas, balki 8 baravar arzonroq, ya'ni 13 dollardan kamroq turadi. Shunisi ham e'tiborga loyiqki, korpoariv mijozlar uchun bunday chegirmalar chiqish qo'ng'iroqlari daqiqalari uchun ham amal qiladi.

Sir emaski, korportaiv mijozlar aloqa va Internet sifati masalasida juda talabchan bo'ladi. Axir navbatdagi kelishuvning taqdiri, korxona uchun muhim  masalaning hal bo'lishi yoki xujjatlarning elektron pochta orqali o'z vaqtida yetkazilishi aynan tarmoqdagi sifatli signalga bog'liqdir.

Signalning ishonchliligini oshirish uchun bazaviy stansiyalarimiz korporativ mijozlarimiz – yirik ishlab chiqarish korxonalari va kompaniyalarning hududida ham joylashtiriladi. Bu bilan biz, ularning doim aloqada bo'lishi haqida qayg'uramiz. “UMS” kompaniyasi biznes markazlarida sifatli aloqani ta'minlashga  alohida e'tibor qaratmoqda. Buning uchun turli indoor loyihalar amalga oshirilmoqda. Ular binolar ichida bir maromdagi barqaror aloqani ta'minlashga imkoniyat beradi. Ta'kidlashni istardimki,  “UMS” ning bazaviy stansiyalari, ular qayerda o'rnatilgan bo'lmasin, inson salomatligi uchun mutlaqo xavfsizdir. Ishga tushirilishidan oldin ular sanitariya-epidemiologiya nazorati idoralarining to'liq tekshiruvidan o'tadi.  Shuning uchun mijozlarimiz aloqaning sifati bo'yicha ham, xavfsizligi masalasida ham xotirjam bo'lishlari mumkin”–, deya ma'lumot berdi “UMS” MChJ Tarmoqni rivojlantirish departamentining transport tarmoqlarini rivojlantirish va loyihalarini ta’minlash bo’limi boshlig‘i Ahad Abdurahmonov.

Zamonaviy dunyoda mobil aloqa biznesni ilgari surishda katta ahamiyatga ega. Mobil telefoni orqali qo'ng'iroqni qabul qilib olgan har qanday rahbar kompaniyasining kelgusida muvaffaqiyatli rivojlanishi bilan bog'liq qarorni qabul qilish mumkin. Shuning uchun “UMS” kompaniyasi korporativ mijozlaring ishonchli yordamchisi bo'lishga hamda O'zbekiston bozorida eksklyuziv takliflarni joriy etishga intilmoqda.
Ro'yxatga qaytish