Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS yo'l harakati qoidabuzarliklari bo'yicha ma'lumot olishga ko'mak bermoqda

UMS Mobil operatori O'zbekison aholisi  uchun dolzarb xizmatlarni joriy etmoqda. Bu safar kompaniya haydovchi-abonentlarning istagini inobatga oldi. Yangi servis avtoxavaskorlarga ularning yo'l harakati bilan bog'liq joriy qoida buzarliklari bor yo'qligini bilish imkonini beradi.  Bu haqda batafsil navbatdagi lavhada.  

Toshkent shahar chorrahalarida yo'l qoidalari buzilishi jarayonlarini  foto- va videotasvirga olish zamonaviy tizimlari ishga tushirilganiga ham ikki oy bo'ldi. Amaliyotdan ko'rinishicha, ushbu tizmlar yordamida yo'lda harakatlanish xavfsizligi darajasi va haydovchilarning mas'uliyati oshgan, avtotransport vositalari sonining keskin ko'payishi sharoitida harakatlanish nazorati kuchaytirildi.

Toshkent shahrida yo'l harakati qoidalari
buzilishining foto- va video orqali qayd etish 
tizimini joriy qilishdan samara

Tizim ishga tushirilguncha:

Ishga tushirilganning birinchi kuni

Shu kunlarda

Bir kunda qariyb
40 mingta qoidabuzarlik

    8 mingdan ziyod qoidabuzarlik

Bir kunda 1 mingtachaga
qoidabuzarlik

Shu munosabat bilan, barcha haydovchilar oldida dolzarb savol paydo bo'ladi: “Yo'l harakati qoidasini buzmadimmikan?”. Bunday savolga qisqa vaqt ichda javob olish murakkab ish emas. Bunda yangi servis yordam beradi. UMS mobil operatorlari birichilardan bo'lib undan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Toshkent shahar IIB YHXB va OAV jamoatchilik bilan aloqalar bo'linmasi inspektori Alisher Abduqodirov: 

– O'zbekiston Respublikasi IIV yo'l harakati bosh boshqarmasi Technologic ASBT  kompaniyasi bilan hamkorlikda foto- va videofiksatsiya  kameralari qayd etgan yo'l harakati qoidalarining buzilganligi uchun jarimalarni tekshirish bo'yicha saytni ishga tushirdi. Sayt ayni patyda test rejimida ishlamoqda. Unda ro'yxatdan o'tish uchun mobil telefoni raqamini ko'rastish va kalitso'z - parolini o'ylab topish kerak bo'ladi. Keyin esa shaxsiy kabinetda avtomobilning davlat raqami va texnik pasport raqamini ko'rsatish lozim. ayni paytda servis faqatgina UMS kompaniyasi abonantlari uchun ochiq bo'lib, yaqin orada esa boshqa uyali aloqa kompanyalari bilan ham bu borada hamkorlik qilish rejalashtirilgan.

UMS kompaniyasining reklama ishlab chiqish bo'limi boshlig'i Elmir Gabdeyev: 

– SMS-ogohlantirish xizmati eng qulay variant hisoblanadi. Kompaniya abonentlari o'z raqamidan 8860 raqamiga SMS yuborishi mumkin va xabar matnida avtomobilning davlat raqami va bo'sh belgi tashlab o'tib texnik pasortning  seriyasi va raqamin i ko'rsatish talab etiladi. So'rovga bir nechta SMS-ogohlantirishlar kelishi mumkin. Bu to'lanmagan qoidabuzarliklarga bog'liq. Agar qoidabuzarlik holatlari bo'lmasa, abonentga “Sizda qoidabuzarliklar yo'q” mazmunidagi xabar keladi.

UMS mobil operatorining bergan ma'lumotlariga ko'ra, kompaniya abonentlari  yangi servisni haqli ravishda yuqori baholashdi. Uning ishga tushirilishidan keyin ikki kun davomida minglab avtohavaskorlar yo'l harakati qoidalari buzilishi uchun jarimalarni tekshirish imkoniyatidan foydalanishdi. Yaqin istiqbolda foto- va videofiksatsiya tizimlari O'zbekistonning boqsha mintaqalarida ham ishga tushirilishini inobatga olsak, UMS kompaniyasi o'z abonentlari uchun yangi qulayliklarni yaratishda muhim qadamni qo'ydi, deyishimiz mumkin.

- UMSning yangi xizmat turini juda kerakli va dolzarb deb hisoblayman. Endi biz jarima bo'yicha qarorlarni qo'limizga kelib tushgunicha bir necha kunlab kutishimizga to'g'ri kelmaydi. Istagan paytda SMS jo'natib yoki saytga kirgan holda qoidabuzarlikka yo'l qo'ygan yoki qo'ymaganligimizni bilishimiz mumkin. Bu juda qulaydir, – dedi UMS mobil operatori abonenti Doniyor Ibrohimov.

UMS mobil operatori abonenti Otabek Hoshimboyev: 

- Hayotimizda turli vaziyatlar bo'ladi. Hatto eng tajribali haydovchi ham qoidani buzishi mumkin. UMS kompaniyasi abonenti sifatida barchaga yangi servisdan foydalanishni tavsiya etaman. Axborot ham aniq bo'ladi, ko'ngil ham xotirjam. Eng sevimli operatorimga minnatdorlik bildiraman.

UMS abonentlari ehtiyojlarini o'rganishda davom etadi va kelajakda ham ularni yangi imkoniyatlar bilan xursand etish niyatida. Kompaniya mijozlari xizmatlarning mazmuni va sifatidan mamnun bo'lishi uchun muntazam ish olib bormoqda. Shu sababli ham mijozlariga foydali muloqot uchun yangi takliflarni faol tarzda taqdim etib kelmoqda.

Ro'yxatga qaytish