Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS kompaniyasi Inxa universiteti talabalari va bitiruvchilarini ishga jalb qilmoqda

Yurtimizdagi eng jozibador ish beruvchilardan biri hisoblanmish UMS mobil aloqa operatori yosh kadrlarga doimiy ravishda o'z imkoniyatlari va salohiyatlarini ro'yobga chiqarishga imkoniyat beradi. Bu yo'nalishda kompaniya mamlakatimizdagi shu soha oliy o'quv yurtlari bilan yaqin hamkorlik olib boradi. Masalan, Toshkentdagi Inxa universitetida o'tkazilgan tadbirda UMS mutaxassislari talabalarga mobil operator faoliyatiga oid dolzarb ma'lumotni, axborot texnologiyalari sohasidagi vakansiyalar hamda kompaniyada amaliyotni o'tash imkoniyatlari haqida so'zlab berishdi.  

UMS kompaniyasi xodimlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Nazarov Qodir: 

Bu yil biz Toshkentdagi Inxa Universiteti bilan oliygoh talabalarining kompaniyamizda amaliy ish tajribasini oshirish va keyinchalik ularni ishga qabul qilish bo'yicha hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ydik.   Ta'kidlash kerakki, kompaniyamizda yosh mutaxassislarni jalb qilish bo'yicha vazifalar UMS kompaniyasining xodimlar bilan ishlash bo'limiga yuklatilgan.  UMS kompaniyasida barcha nomzodlar uchun  ishga olish va talabalik vaqtidagi amaliyotni o'tashda bir xil  shart sharoitlar yaratilgan. Nomzodlarni kompaniyamizda faoliyat yuritishi, amaliyot o'tashi,  doimiy ishlashi uchun saralash jarayonlari tanlov asosida amalga oshiriladi. Arizalarni ko'rib chiqish vaqtadi ularning bilim darajasi va malakasini tekshirishga e'tibor qaratamiz. Natijalarni o'rganib chiqib,  stajirovkachilar  ro'yxatini tuzib chiqamiz.

UMS kompaniyasining IT-bloki vakillari tadbir ishtirokchilariga axborot texnologiyalari Departamentining ixtisoslashuvi, vazifalari va funksiyalari haqida ma'lumot berishdi. Ta'kidlanganidek, hozirgi paytda AKT sohasida texnikaga oid ingliz tilini biluvchi oliy ma'lumotli mutaxassislarga talab kun sayin ortib bormoqda. Toshkentdagi Inxa Universiteti esa aynan shunday mutaxassislarni tayyorlaydi.

Toshkentdagi Inxa universiteti bosh mutaxassisi Umarova Xilola, 

- Toshkentdagi Inxa Universiteti  xalqaro darajadagi yuqori saviyali IT-mutaxassislarni tayyorlovchi yurtimizdagi yetakchi oliy o'quv yurtlaridan biridir. Bu yerda talabalar kompyuter injiniringgi, dasturiy injiniring va kompyuter tarmoqlari injiringi kabi yo'nalishlarda bilim olishadi. Biz ushbu sohada faoliyat yurgizuvchi kompaniyalar bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo'yicha muntazam ish olib boramiz. Xususan, UMS mobil aloqa operatori bilan bu kabi uchrashuvlarni tashkillashtirish bo'yicha samarali aloqalar yo'lga qo'yilmoqda. Bunday muloqotlarda kompaniya ekspertlari va mutaxassislari bilan tajriba almashish, talabalarimiz amaliyot o'tashi uchun imkoniyat yaratish hamda kelgusida bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash bo'yicha fikr almashamiz, - deya qayd etdi.

Yosh mutaxassislar yuksak salohiyatga ega. Tadbirkor ish beruvchining vazifasi esa -  ularda kerakli ko'nikmalarni shakllantirish va bilimlarini amalda sinovdan o'tkazishni o'rgatishdan iborat. Buning uchun UMS kompaniyasida stajirovka mexanizmi yo'lga qo'yilgan.Tadbir davomida Toshkentdagi Inxa universiteti talabalari amaliyot o'tash uchun arizalar to'ldirish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

UMS kompaniyasi xodimlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Nazarov Qodir: 

- Bugungi uchrashuv shakli nafaqat talabalar uchun balki kompaniyamiz vakillari uchun ham qulaylik tug'dirdi. Fikrimizcha tadbirimiz ishtirokchilar bilan o'zaro xamfikrlikda o'tdi. Shu o'rinda universitet raxbariyatiga yaratib berilgan sharoit uchun minnatdorlik bildiramiz.

Inxa universiteti talabasi Ozodova Shaxnoza: 

- Yosh mutaxassis sifatida meni UMS kompaniyasida amaliyot щtash imkoniyati qiziqtiradi. Shuning uchun ushbu tadbirga tashrif buyurdim. Va o'zimni qiziqtirgan savollarga javob oldim. Shu bilan birga universitetda o'rgangan barcha bilimlarimni amaliyotga tadbiq etmoqchi edim. Tadbir so'nggida bizga kompaniya tomonidan tayyorlangan maxsus so'rovnoma berildi. So'rovnomani to'ldirdim. O'ylaymanki so'rovnomadan yaxshi natijalarga erishib, tez orada UMS kompaniyasining IT blokidayosh mutaxassis amaliyotchi sifatida ish boshlayman.

UMS kompaniyasida  “kadrlarga – tashkilotning eng qimmatli resursi” sifatida qaraladi. Bu esa amalda o'z isbotini topgan. Xususan buning uchun eng yaxshi ish beruvchilardan biri bo'lgan kompaniya tomonidan yoshlarga o'z imkoniyatlarini namoyon qilish hamda shaxsiy va professional tajribasini oshirishdek imkoniyatlar taqdim etilmoqda.

Ro'yxatga qaytish