Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS – «Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar» Toshkent xalqaro forumining telekommunikatsion hamkori

UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori «Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar» Toshkent xalqaro forumini yuqori tezlikdagi 4G LTE Interneti bilan ta’minlamoqda.

2016 yil 3–4 noyabr kunlari Toshkentda «Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar» xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakatimiz va chet eldan tashrif buyurgan ekspertlar mediaindustriyaning dolzarb masalalarini muhokama qilishadi. UMS kompaniyasi tadbirning telekommunikatsion hamqori sifatida uning ishini 4G LTE Interneti bilan ta’minlaydi.

«International Hotel Tashkent» mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan forumda UMS tadbir tashkilotchilari va ishtirokchilariga elektron xizmatlar, onlayn-servislarni namoyish etish, masofadagi tizim va foydalanuvchilar bilan onlayn aloqani o‘rnatishga imkoniyat yaratadi.

Hususan, Uzreport TV imkoniyatlarini namoyish qilish vaqtida Isroilning LiveU kompaniyasi texnologiyasi va UMSning 4G LTE Interneti qo‘llaniladi. Bu orqali video ketma-ketlikni jonli tarzda va sputnik kanallarini ishlatmagan xolda bevosita voqealar joyidan efirga uzatilishini ta’minlash erishiladi. Aytib o‘tish joizki, ushbu texnologiya ko‘chma televizion stansiyasining o‘rnini bosa oladi va CNN, Sky Fox va jahonning boshqa yuzlab telekompaniyalari tomonidan qo‘llanilib keladi.

Bundan tashqari, UMS kompaniyasi forum o‘tkaziladigan hududda bir vaqtning o‘zida 300 kishi foydalanishiga mo‘ljallangan Wi-Fi tarmog‘ini yo‘lga qo‘yishda ham ishtirok etmoqda.

— Yosh UMS mobil operatori bunday tadbirlarda rasmiy telekommunikatsion hamkor sifatida ilk bor ishtirok etmoqda. Forumning xalqaro miqyosda bo‘layotgani, uning mavzusi va ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan xolda biz uchun zamonaviy texnologiyalar sohasidagi yutuqlarni ko‘rsatish judayam muhim. UMSning 4G LTE Interneti texnologiya tomonlama ham, taqdim etiladigan imkoniyatlari bilan ham zamonaviy talablarga mos tushadi. Umid qilamizki, forum ishtirokchilari «to‘rtinchi avlod» tarmog‘imizning imkoniyatlariga munosib baho berishadi, — deya ta’kidladi «UMS» MChJ tijorat direktori Sayyodjon Matkarimov.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, forum delegatlar uchun turli xil aloqa formatlarini taklif etadi: ular seksiyaviy yig‘ilishlar, panelli munozaralar, ish bo‘yicha muzokaralarda qatnashishi va yangi hamkorlarni qidirishlari mumkin. Misol uchun, tadbir doirasida UMS ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmada ham ishtirok etadi va o‘zining mobil mahsulot va xizmatlarini namoyish qiladi. Forum ishtirokchilari va mehmonlari kompaniya stendi oldida aloqa xizmatlari, rouming, mobil Internet va biznes-xizmatlar masalalari bo‘yicha malakali yordam olishlari mumkin.

Forum SAIPRO Axborot-reyting agentligi tomonidan O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi rasmiy ko‘magida tashkil etilmoqda.

Ro'yxatga qaytish