Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS birato‘la to‘rtta tarif rejasini yangiladi

UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori “Maxi New”, “Maxi Year”, “Ultra” va “Ultra Year” tarif rejalariga o‘zgartirishlar kiritib, abonentlarga ko‘proq megabayt va SMSlarni taqdim eta boshladi.

“Maxi New” tarif rejasida abonent to‘loviga kiruvchi Internet-trafik hajmi oshdi: tarif avval 600 MB mobil Internetni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, endilikda bu hajm 1000 MBga yetdi. Tarifda taqdim etiladigan SMS-xabarlar soni ham 600dan 1000tagacha oshirildi. Shunday qilib, yangi shartlarga ko‘ra, “Maxi New” tarif rejasidan foydalanayotkan abonentlar har oy 1000 daqiqa qo‘ng‘iroqlar uchun, 1000 MB va 1000 SMSga ega bo‘lishadi. Tarifning abonent to‘lovi o‘zgarmadi va oyiga $15ni tashkil etadi.

$25 abonent to‘loviga ega “Ultra” tarif rejasida ham imkoniyatlar kengaydi. Ushbu tarifdan foydalanayotgan abonentlarga endilikda 2000 daqiqa qo‘ng‘iroqlar uchun, 2000 MB va 2000 SMS-xabarlar taqdim etiladi. Oldin bu ko‘rsatkichlar 2000 daqiqa, 1500 MB va 1000 SMSni tashkil etardi.

Tegishli o‘zgarishlar yillik “Maxi Year” va “Ultra Year” tariflariga ham kiritildi: birinchi tarifda oyiga 1000 daqiqa qo‘ng‘iroqlar uchun, 1000 MB va 1000 SMSdan, ikkinchisida - 2000 daqiqa qo‘ng‘iroqlar uchun, 2000 MB va 2000 SMSdan taqdim etiladi. Ushbu tariflarning abonent to‘lovlari yiliga bir marotaba yechib olinadi, bunda tariflarning oylik ko‘rinishlariga qaraganda abonent 30 dollardan 50 dollargacha tejab qoladi.

Barcha ko‘rsatib o‘tilgan tariflarda UMS tarmog‘i ichida ko‘ng‘iroqlar bepul.

UMS kompaniyasi data-operator strategiyasini rivojlantirgan xolda abonentlariga ma’lumot uzatish xizmati bilan bog‘liq qulay mahsulot va servislarni taqdim etishga intilmoqda.

Avvalroq kompaniya 500 MBdan kattaroq Internet-to‘plamlariga 20% bonus qo‘shib berish aksiyasini 31 avgustgacha uzaytirgandi. Unga ko‘ra, oylik va OnNet (avtomatik tarzda uzayadigan) Internet-to‘plamlarini xarid qilgan abonentlar to‘plamning hajmiga qarab qo‘shimcha 100 MBdan 2000 MBgacha olishlari mumkin. 
Ro'yxatga qaytish