Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS Andijon viloyatida yangi ofis ochdi
Andijon viloyatining Asaka shahrida UMS mobil operatorining yangi sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofisi ishga tushdi.

UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori o‘ziga qarashli bo‘lgan ofislar tarmog‘ini kengaytirishni davom ettirmoqda. Respublikamizning eng aholisi ko‘p bo‘lgan viloyatlarning birida yashovchi abonentlarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida kompaniya avtomobilsozlik shahri – Asakada yangi ofisini ochdi. U 2016 yilning boshidan buyon UMS tomonidan ochilgan ofislarning sakkizinchisi bo‘ldi. 

Yangi ofis Asakaning markazida joylashgan bo‘lib, Tadbirkorlar ko‘chasi, 6 uy manzili bo‘yicha, shaharning markaziy bozori yonida o‘z ishini boshladi va har kuni 9:00dan 18:00gacha tanaffus va dam olish kunlarisiz faoliyat yuritadi. Salon mijozlari UMS mobil operatori xizmatlarining barcha turlaridan foydalanishlari, ya’ni tarmoqqa ulanishlari, yangi xizmat va servislarni faollashtirishlari, yo‘qolgan SIM-kartani tiklab olishlari, haqini bo‘lib to‘lash orqali chiroyli raqamni xarid qilishlari, shuningdek, tajribali mutaxassislarning yordamini olishlari va kompaniyaning ohirgi yangiliklarini bilishlari mumkin.

- UMS kompaniyasi o‘z abonentlariga yaqinroq bo‘lishga harakat qilmoqda. Bu ularga barcha telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish va o‘ziga qulay bo‘lgan joyda maslahatlar olishlariga xizmat qiladi. Asakada kompaniyaning yangi ofisi ochilishi bu maqsad sari yana bir qadam bo‘ldi, - deydi UMSning Andijon shahridagi Xizmat ko‘rsatish markazi rahbari Rasuljon Holmatov.

UMSning barcha ofislari ro‘yxati va ularning ish tartiblari bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqish mumkin - http://ums.uz/uz/support/9863.
Ro'yxatga qaytish