Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS va Huawei qo‘shma aksiya e’lon qilishdi
Yangi Huawei smartfonlari egalari UMS mobil operatoridan yarim yilga 18 000 megabayt bonusga ega bo‘lishlari mumkin.

UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori va Huawei (Huawei Technologies Tashkent XK MJCh) kompaniyasi navbatdagi qo‘shma aksiya yo‘lga qo‘yilganligi haqida e’lon qilishdi. Aksiya shu yilning 1 iyulidan 30 sentyabrigacha o‘tkaziladi va Huawei smartfonlarining bir qator modellari: GR3, GR5, G8, Mate8, P8/P8lite va P9/P9lite uchun amal qiladi. Ushbu qurilmalarni xarid qilgan foydalanuvchilar UMSning «Huawei OnNet 3000 Mb» maxsus xizmatini, ya’ni 6 oy davomida har oy taqdim etiladigan 3000 megabayt hajmdagi Internet-to‘plamlarni ulab olishlari mumkin. Kompaniyaning amaldagi abonentlari, shuningdek, “Super 0” xizmatini bepul ulash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

«UMS data-operatorining mobil Interneti ulangan Huawei smartfonlari – bu innovatsiyalar, sifat, ishonch va tezkorlikni qadrlaydiganlar, zamon bilan hamnafas bo‘lishga intiladiganlar tanlovidir, – deya aksiya boshlanishiga izoh berdi «UMS» MChJning sotuvlar va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha direktori Yuriy Svechnikov. – Barcha zamonaviy talablarga javob beradigan va qulay narxga ega Huawei smartfonini xarid qilish va shu bilan birga UMSdan bonus olish – bu kompaniyaning amaldagi va yangi abonentlari uchun qulay imkoniyat, va umid qilamizki, ular taklifimizga munosib baho berishadi». 

Aksiyada ishtirok etayotgan Huawei smartfonlarining aksariyat model va turlari 4G LTE tarmog‘ining 800 MGs (FDD, 20 Band) diapazonida ishlay oladi. Shunday ekan, aksiya doirasida abonentlar nafaqat zamonaviy mobil qurilmalar yordamida mobil Internetga bepul kira olishadi, balki UMSning ma’lumotlar uzatish xizmatidan 4G LTE tezligida foydalana olishadi.

«Huawei kompaniyasi innovatsiyalarni joriy qilishdagi yuksalishini isbotlagan xolda Internetdan maksimal qulay tarzda foydalanishga mo‘ljallangan qurilmalarni ishlab chiqarishga intilmoqda. Hususan, qo‘shma aksiya doirasida biz to‘rtinchi avlod tarmoqlarida ishlay oladigan eng zamonaviy smartfonlarni taklif etmoqdamiz. Bu esa UMS kompaniyasi tomonidan 4G LTE tarmog‘i ishga tushirilgan paytda o‘ta o‘rinlidir, – deya ta’kidladi Huaweining O‘zbekistondagi korporativ kommunikatsiyalari rahbari Davron Azizov. – Qurilmalarimiz uchinchi avlod tarmoqlarida ishlash uchun ham o‘ta qulay bo‘lib, ular yordamida videoqo‘ng‘iroq xizmatidan foydalanish, Internetda tezkor syorfing qilish, katta hajmdagi ma’lumotlar, audio- va videokontentlarni yuklab olish, zamonaviy onlayn o‘yinlar o‘ynash mumkin. Shuni ham qo‘shib o‘tmoqchimanki, ushbu aksiya UMS kompaniyasi bilan birgalikda o‘tkazilayotkan loyihalarning birinchisi emas va o‘ylaymanki, bunday samarali hamkorlik keyinchalik ham davom etadi». 

Aksiyaning batafsil shartlari, promo-do‘konlar va UMSga qarashli ofislar manzillari bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqish mumkin http://ums.uz/uz/tariff/12007.

Ro'yxatga qaytish