Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS alohida ehtiyojga ega bolalar uchun ijtimoiy aksiya o‘tkazdi
UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori poytaxt va Toshkent viloyatidan bo‘lgan alohida ehtiyojga ega bolalar uchun “Chegarasiz olam” shiori ostida ijtimoiy aksiya o‘tkazdi.



UMS kompaniyasi nafaqat yuqori biznes-ko‘rsatkichlarga erishish, balki jamiyatning barcha a’zolari manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ijtimoiy javobgarlikka ega biznes yuritish bo‘yicha yuqori maqsadlarni ko‘zlaydi.

Korporativ ijtimoiy javobgarlik (KIJ) doirasida o‘tkazilgan “Cheksiz olam” aksiyasining maqsadi bolalarni poytaxtimizning madaniy yodgorliklari bilan tanishtirish va O‘zbekiston aholisi va mehmonlari uchun ochilayotgan zamonaviy imkoniyatlar bilan ta’minlashdan iborat bo‘ldi. 

Aksiyada alohida ehtiyojga ega 50dan ziyod bolalar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Ular uchun UMS kompaniyasi tomonidan dabldekerlarda (ikki qavatli avtobuslarda) Toshkent shahri va uning ko‘zga ko‘ringan joylari bo‘ylab sayoxat uyushtirildi. Ushbu tadbirni o‘tkazishda UMSga Bolalar ijtimoiy moslashuvi respublika markazi, Kibray tumanidagi “Opa-singillar” nogiron ayollar uyushmasi hamda “Tashkent city tour” loyihasi muallifi “Aznur Travel” turistik kompaniyasi bo‘ldi.



UMS kompaniyasi ko‘ngillilari Toshkent viloyatidan keladigan tadbir ishtirokchilarini poytaxt markaziga yetib kelishlariga ko‘maklashdi. Bu yerda barchani chiroyli qilib banner va sharlar bilan bezatilgan dabldekerlar kutib oldi. Bolalar va ularning ota-onalari bilan tanishib olgach, ko‘ngillilar butun sayoxat davomida bolalar bilan suhbat qurishdi va rasmlarga tushishdi, to‘xtash joylarida ularni harakatlanishlarida ko‘maklashishdi, sayr paytida yonlarida bo‘lishdi, ishtirokchilar uchun piknik uyushtirishda va o‘tkazishda ishirok etishdi. 

– Bunday xayrli aksiya bo‘lganidan judayam hursandman, – deydi UMS ko‘ngillilaridan biri Alisher Nizomov. – U tufayli e’tibor va mehrga mujtoj insonlarga biroz bo‘lsada yordam bera oldim. Nima uchun yashayotganini shunday daqiqalarda inson tushunarkan! Bolalarning quvnoq, baxtli nigohlarini ko‘rib, o‘zingda ham o‘z-o‘zidan a’lo kayfiyat paydo bo‘ladi. Bunday turdagi aksiyalar davom etishini xohlardim, axir insonlarga yordam berib, butun dunyoni biroz bo‘lsada baxtliroq va mehrliroq bo‘lishiga undaymiz!



Toshkent shahrining eski va yangi qismi, zamonaviy binolar va chiroyli ko‘chalar, ko‘prik va daryolar, tarixiy obidalar va qadamjolar – bularning barchasi tadbir ishtirokchilari uchun dabldekerlar balandligidan yangicha ko‘rinishga ega bo‘ldi. Sayohat davomida bolajonlar ko’plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishdi hamda dunyoqarashlarini kengaytirishdi.

Tadbir yakunida bolalarga ko‘ngillilar tomonidan yig‘ilgan sovg‘alar taqdim etildi, bolalar esa ko‘ngillilarga va bir-birlariga rasmlarini topshirishdi. Har bir rasmda ular mehribonlik, do‘stlik va samimiy tilaklarni aks etishga harakat qilishgan. 

- Ko‘plab yangi taasurotlarga ega bo‘ldim, do‘stlar orttirdim. Bu kunni bir umrga eslab qolaman. Tashakkurim ramzi sifatida “Biz hammamiz tengmiz” nomli rasmimni ko‘ngillilarga sovg‘a qildim. Bu tadbir uchun katta rahmat, - deydi yosh ishtirokchilardan biri – Qibray tumanidan 13 yoshli Shohsanam.

– O‘g‘lim Nurjaxon, afsuski, ko‘chaga ko‘p chiqish imkoniyatiga ega emas, faqat doimiy tarzda boradigan reabilitatsiya markaziga yo‘limiz tushadi. UMS kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan dabldekerlardagi sayohat haqiqiy bayramga aylandi – bolamni bunday quvnoq bo‘lganini, hayotga katta ishtiyoq bilan qaraganini anchadan beri ko‘rmagandim, bir necha soat davomida u yorqin taasurotlarga ega bo‘ldi. Tashkilotchilarga g‘oya va uning adoyib tarzda amalga oshirganliklari uchun o‘zimni tashakurimni bildiraman. Ishlaringizda omad tilayman, - deya ta’kidladi ota-onalardan biri Qudratilla Yusupov. 

“Chegarasiz olam” KIJ-tadbiri doimiy tarzda amal qiluvchi loyihani yaralishiga zamin yaratdi. Katta va inoq jamoa bo‘lib, UMS xodimlari ezgu ishlarni amalga oshirishni, quvonch va kelajakka ishonch taqdim etishni davom ettirishadi.
Ro'yxatga qaytish