Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Talablarga mos 4G LTE tarmog‘i
Mobil Internet millionlab yurtdoshlarimizning kundalik xayotiga singib borishga ulgurdi. U suhbatlashish, ilm o‘rganish, ish yuritish, kerakli ma’lumotlar qidirish, bo‘sh vaqtda ermak uchun o‘tirish kabi boshqa o‘nlab maqsad va vazifalarni bajarishda o‘ta qulay vositaga aylandi. Messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar, audio va video kontentlarsiz hayotni tasavvur qilib bo‘lmay qoldi – shunday ekan, iste’moldagi Internet-trafik hajmi yildan yilga ortib bormoqda. Mobil Internetning ko‘p vazifaviyligi va undan foydalanish sur’atlarini keskin oshishi yuqori tezlik va aloqa sifatiga qo‘yiladigan talablarni ortib borishiga olib kelmoqda. UMS faol rivojlanib borayotgan kompaniya sifatida ushbu masalani qulay va samarali yechimlarini taklif etmoqda. 



– Data-operator yo‘lini tanlagan UMS yangi mahsulotlar va texnologik innovatsiyalar bilan hamnafas bo‘lishga intilmoqda, - deydi «UMS» MChJ Bosh direktori Dmitriy Nagorniy. – Kompaniyamiz tomonidan Toshkent shahrida 4G LTE tarmog‘i tijoriy foydalanishga topshirilishi abonentlarimiz, shuningdek mobil Internetning faol foydalanuvchilari uchun eng kutilgan va quvontiradigan yangilik bo‘ldi. Biz teskari aloqa vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, kompaniyamiz ofislariga murojaatlar orqali bu bo‘yicha yuzlab ijobiy fikrlarni oldik. Yangi 4G LTE tarmog‘ining bir haftalik ishi mobaynida unga 10 mingdan ziyod abonentlar ulandi va kundan kunga ushbu ko‘rsatkich ortib bormoqda. Kompaniyamizga nisbatan bunday katta qiziqish UMSning katta va inoq jamoasini quvontiradi, keyingi ishlarimizga kirishishga kuch va g‘ayrat bag‘ishlaydi.

Shunisi ham muhimki, 4G LTE texnologiyasi operatorning o‘ziga ham mobil aloqa tarmog‘idan yanada samarali foydalanish va uning o‘tkazuvchanlik quvvatini tezkorlik bilan oshirishga yordam beradi. Bu esa kompaniyaning faolligiga xam ijobiy ta’sir qiladi. 

Ma’lumotlar almashinuvining yuqori tezlikda bo‘lishi katta qo‘layliklar yaratadi – endilikda UMS abonentlari katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlay olishadi, “og‘ir” sahifalar yoki katta hajmdagi fayllar yuklanishini kutish o‘tmishda qoladi. 4G LTE texnologiyasi kiritilganidan so‘ng mobil qurilmalar foydalanuvchilariga HD sifatidagi videolarni ko‘rish yanada oson bo‘ldi. Bunda UMS abonentlari mobil aloqa bor joyda haqiqatdan ham tez ishlaydigan Internetdan foydalanishlari va bundan maksimal ravishda qulaylikka ega bo‘lishlari va vaqtlarini tejashlari mumkin.

Shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, UMS rivojlanishni davom etmoqda hamda keyinchalik ham o‘z abonentlariga yangi imkoniyatlarni ochishni rejalashtirmoqda. Kompaniyaning yaqin kelajakdagi rejalari – xozirda respublika bo‘yicha mavjud 3G baza stansiyalar sonini ikka baravar ko‘paytirish, shuningdek Farg‘ona vodiysida hamda Samarqandda to‘laqonli 4G LTE tarmog‘ini ishga tushirishdir.
Ro'yxatga qaytish