Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS Farg‘ona viloyatida ikkita yangi ofis ochdi
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida bir vaqtining o‘zida UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatorining ikkita ofisi ochildi. Abonentlar va bo‘lajak mijozlar uchun qulaylik yaratish maqsadida ofislar aholi ko‘p bo‘ladigan hududlarda, savdo shaxobchalari, ko‘ngilochar maskanlar va jamoat ovqatlanish joylari yaqinida joylashgan. 
Qo‘qon shahridagi yangi ofis ko‘plab dilerlik punktlari bilan bir qatorda kompaniyaning shahardagi ikkinchi sotuvlar va xizmat ko‘rsatish punktiga aylandi. U Istiqlol ko‘chasi, 24 uy manzili (mo‘ljal: shahar soliq ispeksiyasi) bo‘yicha joylashgan.
Marg‘ilondagi sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofisi kompaniyaning shahardagi xozircha birinchi vakolatxonasi bo‘ldi. Uning manzili: «Urdatagi» mahalla fuqarolar yig‘ini, B.Marg‘iloniy ko‘chasi, 184 uy (mo‘ljal – shahar markaziy avtovokzali ro‘parasida).
Ofislar abonentlarga har kuni ertalabki soat 9dan kechki soat 18gacha tushlikka tanaffuslarsiz va dam olish kunlarisiz (O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan rasmiy bayram kunlaridan tashqari) xizmat ko‘rsatadi. 
Ofislarning ochilishi bayramona ruhda, karnay-surnaylar sadosi ostida bo‘lib o‘tdi. O‘nlab mijozlar birinchilardan bo‘lib UMSning yangi ofislarida raqam xarid qilish yoki qo‘shimcha xizmatlarni yoqtirish uchun bu yerga intilishdi. Sotuvlar va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xodimlar ularning masalalariga yechim topishda malakali yordam ko‘rsatdi. 
— Sevimli mobil operatoringa tegishli ofis yaqin joylashgani qulay bo‘lib, odamni quvontiradi, — deya ta’kidlaydi Marg‘ilonda istiqomat qiluvchi Nafisa Toshpo‘latova. — Avvallari shaharda faqat dilerlik punktlari mavjud edi. O‘ylamanki, yangi ofis ochilishi bilan abonentlarga xizmat ko‘rsatish yanada sifatliroq darajaga ko‘tariladi.
UMSning yangi ofislarida mobil aloqaga doir turli xil xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu yerda abonentlar tarmoqqa ulanishlari, SIM-kartani almashtirishlari, qulay tarif tanlashlari, qo‘shimcha xizmatlar yoqishlari, shuningdek, mobil aloqa masalalari bo‘yicha maslahatlar olishlari mumkin.
UMSning sotuvlar va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha direktori Yuriy Svechnikovning gaplariga ko‘ra, ofislar uchun yangi joy tanlashda kompaniya, eng avvalo, abonentlar ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Barcha ofislar shartli ravishda odam ko‘p bo‘lgan hududlarda, savdo va ko‘ngilochar punktlar yaqinida joylashgan, ya’ni ko‘chaga aylangani yoki xaridlar qilgani chiqqan abonentlar ofislarga ham kirib o‘tishlari mumkin. Eng asosiysi, barcha ofislarda ularga bir xil yuqori darajada xizmat ko‘rsatiladi.
Ro'yxatga qaytish