Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS mobil operatori Toshkentda HSPA+ texnologiyasini ishga tushirdi
UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori o‘zining Toshkentdagi 3G tarmoqlarida Dual Carrier HSPA+ texnologiyasini ishga tushirganligini ma’lum qiladi.
Amalga oshirilgan ishlar ma’lumot jo‘natishning eng katta tezligini sekundiga 42 megabitga yetkazish imkonini berdi. Bunday natijaga odatdagidek bitta chastota o‘rniga ikkita UMTS chastotasidan bir yo‘la foydalanish orqali erishiladi. Natijada tayanch stansiyadan abonentning mobil telefonigacha ma’lumot jo‘natish tezligi ikki baravar ortadi.
Hozirgi vaqtda HSPA+ texnologiyasi bilan butun poytaxt qamrab olingan. UMS mobil operatori bundan buyon ham qamrov doirasini kengaytirib borish niyatida. Bu yil mintaqalarni bosqichma-bosqich shu texnologiyaga o‘tkazish ishlari davom ettiriladi.
- Tarmoqni rivojlantirish va HSPA+ xaritasiga yangi hududlarni kiritish - UMS oldida turgan ustuvor vazifa. Abonentlar Internetning bunday tezligi bilan doimiy tarzda ta’minlanishi va natijada ular yuksak samaradorlikni talab qiluvchi oqimli video ko‘rish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilish, onlayn-o‘yinlarni o‘ynash, gadjetlarga katta hajmli fayllarni yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari biz uchun g‘oyat muhim,- deydi “UMS” MChJ Bosh direktorining texnik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Yevgeniy Lukyanchuk.- Bir yo‘la ikkita chastotadan foydalanilishi tarmoqqa tobora ko‘proq tushayotgan yukni yengillatish va uning o‘tkazish qobiliyatini ikki baravar oshirish imkonini beradi. Ishonchim komilki, abonentlar farqni his qiladilar va yuqori baholaydilar. 
Ro'yxatga qaytish