Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS reklama kampaniyasi doirasida o‘z manifesti bilan tanishtirdi

UMS (Universal Mobile Systems) mobil aloqa operatori respublika doirasida o‘tkaziladigan yangi reklama kampaniyasini boshlaganligini e’lon qiladi. “Talablarga mos aloqa operatori” deb nomlangan bu reklama kampaniyasi UMSning obro‘-etibori va albatta salobatini yanada oshirishga xizmat qilishi mo‘ljallangan.

- Biz O‘zbekistonda ochilishdan avval bozorni o‘rganib chiqqanimizda odamlar yangi texnologiyalardan foydalanishga tayyorligiga, ularda bunga ehtiyoj borligi hamda telekommunikatsiya sohasidan bu yo‘nalishda faol harakatlarni kutayotganliklariga guvoh bo‘ldik, - dedi kompaniya Bosh direktori Dmitriy Nagorniy. - Shu bois ham, mijozlarning qadriyatlari, ularning taraqqiyotga intilishi, qat’iyati, yaxshilik tomon o‘zgarishlarning va yangi kashfiyotlarning ishtirokchisi bo‘lish istagi UMSning diqqat markazida ekanligini ta’kidlash biz uchun muhimdir.

UMS reklama kampaniyasida televideniyedan tashqari, tashqi reklama, matbuot va Internetdan ham foydalaniladi. Kompaniya O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasidagi o‘rnini qanday tasavvur qilishini ifodalovchi o‘z shiorini tashkil topganidan buyon ilk marotaba jamoatchilikka e’lon qildi. Bu shior - “Talablarga mos aloqa operatori”.

- Bu shunchaki reklama uchun o‘ylab topilgan chiroyli jumla emas. Bu haqiqatan ham manifest bo‘lib, biz u orqali abonentlar oldida o‘z zimmamizga olgan majburiyatlarimizga munosabatimizni ko‘rsatmoqchimiz. Bu shior UMS o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsad bilan hamohang. Ya’ni odamlarda ularning o‘z talablariga hurmatni rivojlantirish va quvvatlab turish, mijozlarga ular eng yuksak talablarga javob beradigan sifatli aloqadan foydalanishga haqli ekanliklarini har kuni isbotlashdir, - dedi Dmitriy Nagorniy. - UMS talablarga mos aloqa operatori ekanligini ta’kidlar ekanmiz, biz zaruridan ham ko‘ra ko‘proq ish qilishga intilishni, abonentlarning o‘sib borayotgan talablariga doimiy ravishda mos bo‘lishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yamiz.

Ro'yxatga qaytish