Shartnoma tuzish uchun nima qilish kerak?

Saytning oddiy talqini
Shartnoma tuzish uchun nima qilish kerak?

Shartnoma tuzish uchun nima qilish kerak?

“UMS” MChJ bilan tijoriy hamkorlik qilishga shartnoma tuzish uchun:

  • Yuridik shaxs bo‘lishingiz va hisob raqami ochishingiz;
  • Ofis turidagi savdo xonasiga ega bo‘lishingiz, uni Kompaniya talablariga mos ravishda bezatishingiz, kassa apparati, seyf va orgtexnika bilan ta’minlashingiz;
  • Uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun Kompaniyada tayyorgarlik o‘tashingiz;
  • Shartnoma tuzish uchun barcha hujjatlarni taqdim etishingiz kerak.

Shartnoma tuzish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Ustav (nizom);
  2. Ofis turidagi savdo xonasiga egalik qilish huquqini beruvchi hujjatlar yoki uni ijaraga olganlik haqidagi shartnoma;
  3. Korxona rahbari (yoki qo‘l qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan mas’ul xodim) lavozimga tayinlash haqida buyruq;
  4. Savdo punktining tashqi va ichki ko‘rinishi suratlari;
  5. Korxona rahbari pasporti;
  6. Davlat soliq organlari tomonidan korxona QQS to‘lovchisi ekanligi haqida beriladigan ma’lumotnomaning asl nushasi (agat tijorat vakili QQS to‘lovchisi bo‘lsa). 

Batafsil ma’lumot olish uchun hududingizdagi markaziy ofislarimizga yoki bu yerda ko‘rsatilgan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.