Operatsion-rejali ishlar munosabati bilan 2025-yil 21-yanvar kuni soat 00:00 dan 05:40 gacha quyidagi xizmatlar vaqtincha mavjud bo‘lmaydi: to‘lovlarni qabul qilish / hisobni to‘ldirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tizimlari (USSD-buyruqlar: balansni tekshirish, xizmatlarni qo‘shish/o‘chirish, tarif rejasini o‘zgartirish, abonentni bloklash/blokdan chiqarish), roumingda ma’lumot uzatish, xizmatlarning onlayn tariflanishi, 0890 raqami orqali qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.