Hurmatli abonentlar!
Uskunalarning RRL dasturiy ta’minotini yangilash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 20-yanvar kuni soat 23:00 dan 2026-yil 21-yanvar kuni soat 03:00 gacha Toshkent viloyatining Zangiota va O‘rtachirchiq tumanlarida ko‘rsatilayotgan ovozli aloqa xizmatlari hamda ma’lumotlar uzatish xizmatlarida qisqa muddatli yomonlashuvlar yuzaga kelishi mumkin.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.