Hurmatli abonentlar!
UMS MChJ tarmog‘ida paket yadrosini modernizatsiya qilish ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent shahar hududida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi abonentlarning 2G/3G/4G/5G ma’lumotlar uzatish trafikining bir qismi qayta yo‘naltiriladi. Shu sababli 2026-yil 16-yanvar kuni soat 00:00 dan 04:00 gacha Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi abonentlar uchun ma’lumotlar uzatish xizmatlarida qisqa muddatli yomonlashuvlar yuzaga kelishi mumkin.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.