Hurmatli abonentlar!
«UMS» MChJ transport tarmog‘i uskunalarini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilayotgani munosabati bilan 2026-yil 13-apreldan 30-aprelgacha kunning ish vaqtida «UMS» MChJ tarmog‘i abonentlariga quyidagi yo‘nalishlarda ovozli aloqa va ma’lumot uzatish xizmatlarida qisqa muddatli yomonlashishlar kuzatilishi mumkin:
- Toshkent–Guliston;
- Toshkent–Jizzax;
- Toshkent–Samarqand.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.