Biz ijtimoiy tarmoqlarda

DWDM uskunalarini ko‘chirish bo‘yicha ishlar haqida xabarnoma

Hurmatli abonentlar!

Ijaraga beruvchining talabi bilan Toshkent–Guliston yo‘nalishida joylashgan DWDM ZTE uskunalarini yangi binoga ko‘chirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar olib borilishi munosabati bilan aloqa xizmatlari sifati qisqa muddatga pasayishi mumkin.

Ishlar o‘tkaziladigan davr:

2025-yil 4-dekabrdan 11-dekabrgacha bo‘lgan oraliqda ikki kun, soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Ishlar doirasida quyidagi kanallar bo‘yicha zaxira vaqtincha mavjud bo‘lmaydi:

  • ZTE WDM 2×10G Toshkent–Guliston

  • ZTE WDM 2×10G Guliston–Yangiyo‘l

Ishlar davomida aloqa quyidagi asosiy kanallarga yo‘naltiriladi:

  • HUAWEI WDM Toshkent–Guliston

  • HUAWEI WDM Samarqand–Guliston

  • ZTE WDM 4×10G Toshkent–Yangiyo‘l

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.


Ro‘yxatga qaytish