“Universal Mobile Systems” mas’uliyati cheklangan jamiyati Sizga Mobile Backhaul transport tarmog‘ini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2025-yil 15-maydan 15-iyungacha, kuniga soat 10:00 dan 18:00 gacha hamda 23:00 dan 03:00 gacha Toshkent shahridagi abonentlarga ko‘rsatiladigan aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatlarida qisqa muddatli chegaralanishlar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qiladi.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.