Hurmatli abonentlar!
Radiokirish tarmog‘ini rekonstruksiya qilish va uskunalarga yangi dasturiy ta’minotni yuklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar munosabati bilan 29.07.2024y.dan 30.08.2024y. gacha bo‘lgan davr mobaynida Toshkent shahrining Olmazor, Bektemir, Mirobod, Mirzo-Ulug‘bek, Sirg‘ali, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy, Yashnobod, Uchtepa tumanlarida va Toshkent viloyatining Toshkent, Zangiota, Qibray, Yuqorichirchiq, O‘rtachirchiq tumanlaridagi abonentlarga taqdim etilayotgan ovozli aloqa va internet xizmatlarining sifati qisqa muddatga yomonlashishi mumkin.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.