Hurmatli abonentlar!
Transport tarmog‘ining Optix RTN uskunalarida dasturiy ta’minotni yangilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar munosabati bilan 15.07.24y. dan 16.08.2024y. gacha bo‘lgan davr mobaynida Toshkent shahrining Olmazor, Bektemir, Mirobod, Mirzo-Ulug‘bek, Sirg‘ali, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy, Yashnobod, Uchtepa tumanlarida va Toshkent viloyatining Toshkent, Zangiota, Qibray, Yuqorichirchiq, O‘rtachirchiq tumanlarida taqdim etilayotgan ovozli aloqa va internet xizmatlarining sifati qisqa muddatga yomonlashishi mumkin.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.