Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«UMS» MCHJda dasturiy ta’minotning yangilanishi

Hurmatli abonentlar!

«UMS» MCHJ tarmog‘idagi kommutatsiya stansiyalarida dasturiy ta’minotni yangilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar munosabati bilan quyidagi davrda taqdim etilayotgan ovozli aloqa va ma’lumotlarni uzatish xizmatlarining sifati qisqa muddatga yomonlashishi mumkin:

  • 23.05.2024y. 00:30 dan 03:30 gacha – Toshkent sh., Toshkent viloyati;

  • 28.05.2024y. 00:30 dan 03:30 gacha - Toshkent sh., Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent viloyatlari;

  • 30.05.2024y. 00:30 dan 03:30 gacha - Toshkent sh., Farg‘ona, Toshkent viloyatlari;

  • 04.06.2024y. 00:30 dan 03:30 gacha - Samarqand, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari (Toshkent viloyatining Bekobod tumani);

  • 06.06.2024y. 00:30 dan 03:30 gacha - Toshkent sh., Andijon, Namangan viloyatlari.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz

Ro'yxatga qaytish