Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi tarmoq rekonstruksiyasi

Hurmatli abonentlar!

2G/3G/4G/5G tarmoqlarining baza stansiyalarida dasturiy ta’minotni yangilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar munosabati bilan Toshkent sh. va Toshkent viloyatidagi 2G/3G/4G/5G tarmoqlarining abonentlariga taqdim etilayotgan ovozli aloqa va ma’lumotlarni uzatish xizmatlarining sifati qisqa muddatga yomonlashishi mumkin:

  • 25.10.2023y. 00:00 dan 04:00 gacha Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor, Shayxontohur, Bektemir, Yangihayot, Chilonzor, Uchtepa, Sirg‘ali tumanlarida va Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray, Yuqorichirchiq , O‘rtachirchiq, Toshkent, Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent tumanlarida;

  • 26.10.2023y. 00:00 dan 04:00 gacha Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Olmazor, Shayxontohur, Mirobod, Yakkasaroy, Chilonzor tumanlarida va Toshkent viloyatining Toshkent tumanida;

  • 27.10.2023y. 00:00 dan 04:00 gacha Yashnobod, Mirobod, Yakkasaroy, Bektemir, Sirg‘ali, Chilonzor, Uchtepa, Yangihayot tumanlarida va Toshkent viloyatining Zangiota tumanida.

Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz

Ro'yxatga qaytish