Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi tarmoq rekonstruksiyasi

Hurmatli abonentlar!

Baza stansiyalarining boshqaruvchilaridagi dasturiy ta’minotni yangilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar munosabati bilan quyidagi davrlarda Toshkent sh. va Toshkent viloyatidagi 2G/3G/4G/5G tarmoqlarida taqdim etilayotgan ovozli aloqa va ma’lumotlarni uzatish xizmatlarining sifati qisqa muddatga yomonlashishi mumkin:

  • 18.07.2023y. va 19.07.2023y. 00:00 dan 04:00 gacha Yunusobod, Mirzo-Ulug’bek, Yashnobod, Olmazor, Shayxontohur, Mirobod, Yakkasaroy, Chilonzor tumanlarida va Toshkent viloyatining Toshkent tumanida.

  • 20.07.2023y. va 21.07.2023y. 00:00 dan 04:00 gacha Yunusobod, Mirzo-Ulug’bek, Olmazor, Shayxontohur, Bektemir, Yangihayot, Chilonzor, Uchtepa, Sirg’ali tumanlarida va Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray, Yuqorichirchiq, O‘rtachirchiq, Toshkent, Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent tumanlarida.

  • 25.07.2023y. va 26.07.2023y. 00:00 dan 04:00 gacha Yashnobod, Mirobod, Yakkasaroy, Bektemir, Sirg’ali, Chilonzor, Uchtepa, Yangihayot tumanlarida va Toshkent viloyatining Zangiota tumanida.

 

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Ro'yxatga qaytish