Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Toshkent shahridagi tarmoq rekonstruksiyasi

Hurmatli abonentlar!

Kommutatsiya uskunalarini rekonstruksiya qilish va 2G-3G standartidagi baza stansiyalarini yangi boshqaruvchi uskunalarga o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar munosabati bilan «UMS» MChJ Toshkent shahridagi 2G va 3G standartlaridagi tarmoqlar abonentlariga taqdim etilayotgan aloqa xizmatlarining sifati qisqa muddatga yomonlashishi mumkin:

  • 17.04.2022y. 00:00 dan 06:00 gacha Uchtepa, Chilonzor, Sirg‘ali, Shayxontohur tumanlaridagi  2G/3G tarmoqlari;

  • 24.04.2022y. 00:00 dan 06:00 gacha Uchtepa, Chilonzor, Sirg‘ali tumanlaridagi  2G tarmog‘i;

  • 30.04.2022y. 00:00 dan 06:00 gacha Olmazor, Yunusobod, Mirzo-Ulug‘bek, Shayxontohur tumanlaridagi 2G tarmog‘i;

  • 07.05.2022y. 00:00 dan 06:00 gacha Uchtepa, Chilonzor, Sirg‘ali tumanlaridagi 3G tarmog‘i;

  • 15.05.2022y. 00:00 dan 06:00 gacha Olmazor, Yunusobod, Mirzo-Ulug‘bek, Shayxontohur tumanlaridagi 3G tarmog‘i.


Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Ro'yxatga qaytish