Biz ijtimoiy tarmoqlarda
20-21 iyul kunlari profilaktika ishlari
Taqdim etilayotgan xizmatlarni maqbullashtirish ishlari olib borilayotgani munosabati bilan, 20 iyul kuni soat 23:00dan 21 iyul soat 07:00gacha abonentlar quyidagi xizmatlardan foydalana olmaydilar: tarif rejasini o‘zgartirish, qo‘shimcha xizmatlarni ulash/o‘chirish, tijorat vakillarining tizimi orqali yangi abonentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, to‘lovlarni qabul qilish va balansni tekshirish. Narxlash ishlari, jumladan obuna to‘lovini yechish kechikishi mumkin, internet-yordamchi orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda 0890 raqami orqali Aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilish imkonsiz bo‘lishi mumkin. Barcha savollar bilan Siz (+99897) 130 09 09 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Ro'yxatga qaytish