
Toshkent Davlat yuridik instituti
- «UMS» MChJning yuridik xizmatiga rahbarlik qiladi;
- Bo‘lim tarkibidagi bo‘linmalar kuchi bilan quyidagilarni tashkil qiladi, tahlil qiladi va yuritadi:
- shartnomaviy ishlar;
- loyiha-tahlil ishlari;
- ichki huquqiy quvvatlash ishlari;
- sud-da’vo ishlari;
- korporativ boshqaruv ishlari;
- biznes-bo‘linmalarga huquqiy hamrohlik ishlari.
- Qonun chiqaruvchi, ijroiya, shu jumladan monopoliyaga qarshi, sud hokimiyati organlarida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa tashkilotlarida «UMS» MChJ manfaatlari himoya qilinishini tashkil etadi, shuningdek ro‘yxatga olish organlarida «UMS» MChJ nomidan ish olib boradi, qonunchilikka muvofiq «UMS» MChJning ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar kiritilishiga hamrohlik qiladi, «UMS» MChJ ishtirokchilari va Kuzatuv kengashi a’zolarining so‘rovnomalariga ko‘ra, davlat organlaridan ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlarni oladi;
- «UMS» MChJ huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamjihat ishlaydigan hollarda huquqiy hamrohlikni tashkil qiladi;
- Bo‘limning umumlashgan hisobotlari, budjeti tayyorlanishini tashkil qiladi. Bo‘limda ishlab chiqilgan yoki bo‘limga kelishish uchun taqdim etilgan mahalliy meyoriy-farmoyish hujjatlari amaldagi qonunchilik talablariga qanchalik muvofiqligi to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.