
Pushkin shahridagi Havo hujumiga qarshi mudofaa radioelektronika oliy bilim yurti
- O‘ziga ishonib topshirilgan bo‘linma xodimlari servis darajasi va operatsion xizmatlar darajasi to‘g‘risidagi kelishuvlarni bajarishlarini nazorat qiladi;
- «UMS» MChJ biznes strategiyasining tarkibiy qismi bo‘lgan axborot texnologiyalari sohasidagi, shuningdek AT-resurslarning axborot xavfsizligi sohasidagi «UMS» MChJ strategiyasini shakllantirishda qatnashadi;
- «UMS» MChJda amaliy tizimlar va AT-infratuzilma joriy etilishi hamda modifikatsiyalanishi bilan bog‘liq ishlarni tashkil qiladi;
- «UMS» MChJda billing va amaliy tizimlar hamda AT-infratuzilmadan foydalanilishini tashkil qiladi;
- O‘ziga ishonib topshirilgan bo‘linma xodimlari faoliyatini, pirovard foydalanuvchilar va ish joylarini masofadan quvvatlash tashkil etilishini nazorat qiladi;
- AT departamentining yangi xizmatlar, mahsulotlar, tarif rejalarini joriy etish, marketing aksiyalari o‘tkazish va h.k. bilan bog‘liq funksiyalarini boshqaradi;
- Departamentning mas’uliyati sohasiga kiruvchi axborot tizimlarida reglament ishlari bajarilishini boshqaradi;
- Bo‘linmaning mas’uliyati sohasiga kiruvchi tizimlar funksionalidagi nosozliklar bartaraf etilishini boshqaradi;
- «UMS» MChJning barcha biznes-jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash maqsadida, axborot xizmatlari bozorini o‘rganish va tahlil qilish ishlariga boshchilik qiladi;
- Tashkilot biznes-jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadga qanchalik muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tadqiqotlarga rahbarlik qiladi.