Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Mavlyanov Umid Alimdjanovich

Axborot texnologiyalari departamenti direktori
Ma’lumoti:

Toshkent elektrotexnika aloqa instituti. Magistratura  

Nazoratidagi masalalar:
  • Biznes-jarayonlar va biznes-foydalanuvchilarni  imkon boricha samarali IT- qo‘llab - quvvatlashni tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini minimallashtirish bilan birga asosiy biznes-jarayonlar samaradorligini oshirish uchun AT resurslaridan oqilona foydalanish;
  • Kompaniya faoliyatining turli sohalarida zamonaviy, ilg‘or elektron, axborot-tahliliy tizimlar va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va qo‘llashni ta’minlash;
  • Kompaniyaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ishlab chiqilayotgan (sotib olinayotgan) DT (dasturiy ta’minot) uchun texnik topshiriqlar va texnik – iqtisodiy asoslarni tayyorlash jarayonida AT  departamenti xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va jalb etishni ta’minlash;
  • Kompaniyaning yagona axborot makonini shakllantirish;
  • Kompaniyaning AT tizimlarining uzluksiz va to‘g‘ri ishlashini ta’minlash (shu jumladan ATD javobgarlik  doirasidagi xavfsizlik va himoya tizimlari);
  • AT tizimlarining ishga yaroqliligini tezkor tiklashni ta’minlash, shuningdek, ish jarayonida yuzaga keladigan nosozliklar, xatolar va buzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish.
Ro‘yxatga qaytish