Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Aripov Sobir Xamidillayevich
«UMS» MChJ Bosh direktori
Ma’lumotingiz

Al Xorazmiy nomli Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Magistratura  

  • «UMS» MChJ faoliyatiga rahbarlik qiladi;
  • «UMS» MChJda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlaydi;
  • Muassislarning qarorlari bajarilishini tashkil qiladi va ular ijrosi to‘g‘risida hisobotlar taqdim etadi:
  • Jamiyat to‘g‘risida hisobotlar berilishini tashkil qiladi;
  • Uning zimmasiga muassislar tomonidan yuklangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
  • Jamiyat nomidan ish olib boradi, O‘zbekiston Respublikasining davlat organlarida hamda boshqa davlatlarda, korxonalarda, tashkilotlar va muassasalarda uning manfaatlarini himoya qiladi;
  • «UMS» MChJning O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklari va idoralari, huquqni muhofaza qilish organlari bilan ishini nazorat qiladi va muvofiqlashtirib turadi, qo‘yilgan vazifalarni samarali va tezkor hal etish borasida yuqorida sanab o‘tilgan organlar bilan hamjihat ish olib boradi;
  • Kompaniyaning prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlarni qabul qiladi;
  • Qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq, «UMS» MChJda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘radi;
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish borasida samarali ish olib borilishini tashkil etadi, muntazam ravishda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qiladi, jumladan sayyor qabullar o‘tkazadi;
  • Jamiyatning tashkiliy tuzilishi va shtatlar jadvalini tasdiqlaydi, jamiyat xodimlari bilan mehnat shartnomalarini rasmiylashtiradi va ularni bekor qiladi, xodimlarga nisbatan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi, kompaniyaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
  • Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining topshiriqlari, buyruqlari, farmoyishlari va boshqa direktiv hujjatlari ijrosiga mutasaddilik qiladi;
  • Kompaniyaning telekommunikatsiya va ma’lumot uzatish tarmoqlarida axborot xavfsizligini, kompaniyaning axborot tizimlari va resurslari muhofaza qilinishini ta’minlash, shuningdek zamonaviy talablar hisobga olingan holda axborotni himoyalashning samarali vositalari va usullarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi;
  • Jamiyat Bosh direktori yagona muassis va Kuzatuv kengashi oldida hisobdor bo‘ladi hamda Jamiyat yuritadigan faoliyat va u o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar va topshiriqlarni bajarishi uchun javobgar hisoblanadi.
Ro'yxatga qaytish