Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Buxoro viloyatida 50 dan ziyod tayanch stansiyasi ishga tushdi

Buxoro viloyatida 12 ta yangi tayanch stansiyasini ishga tushirdi hamda 40 dan ortiq mavjud tayanch stansiyalarini yangiladi. Natijada 4G LTE qamrovi sezilarli darajada kengaydi.

Xususan, yangi obyektlar quyidagi joylarda o‘rnatildi:

  • Buxoro shahri, Mustaqillik ko‘chasi;

  • Olot tumani, Baxrinbayot qishlogʻi (“Bayot” MFY);

  • Vobkent tumani, Tallikulug qishlogʻi (“Nayman” MFY);

  • Gʻijduvon tumani: Gʻajdumak (“Gʻajdumak” MFY), Amirobod (“Paxtaobod” MFY), Zaxkash (“Sarvari” MFY) qishloqlari;

  • Jondor tumani, Navrabot qishlogʻi (“Mustaqillik” QFY);

  • Qorako'l tumani: Qorakoʻl shahridagi Sarbozor ko‘chasi, shuningdek, Mallayshayx (“Mallayshayx” MFY) va Sayot qishloqlari;

  • Romitan tumani: Mulloyen ("O'zbekiston" MFY) va Musicha ("Musicha" MFY) qishloqlari.

Buxoro viloyatidagi modernizatsiya qilingan tayanch stansiyalarining toʻliq roʻyxati:

  • Buxoro shahri: Alpomish, B.Naqshband, Ibn Sino, Mirdo‘stim, Gazli Yo‘li, Piridastgir va Mustaqillik ko‘chalari, “Sitorai Moxi Xosa” sanatoriysi hududi;

  • Qorovulbozor shahri, Qorovulbozor shossesi;

  • Buxoro tumani: Buyuk Ipak yo‘li shoh ko‘chasi, Xo‘jarabot (“Losha” QFY) va Kobdun (“Istiqlol” QFY) qishloqlari;

  • Jondor tumani: Jondor shahridagi M.Torobiy ko‘chasi, Moxon, Pochoyi, Samonchuk va Xumin qishloqlari;

  • Kogon tumani: O‘rtacho‘l qishlog‘i, “Nurafshon” va “Niyozxo‘ji” QFY;

  • Qorako'l tumani, "Koraun" QFY;

  • Olot tumani: Olot ko‘chasi, shuningdek, Talqon Sayot qishlogʻi;

  • Peshku tumani: A.Temur ko‘chasi, “Yangibozor” ShFY, Chapmagadoy (“Chibogoni” MFY), Zandani va Peshku qishloqlari;

  • Romitan tumani: Romitan shahridagi F.Xo‘jayev va Samosiy ko‘chalari, “Sho‘rcha” QFY, Marziya va Bog‘iturkon qishloqlari (“Qumrabot” MFY);

  • Vobkent tumani: A.Donish ko‘chasi, Anjirbo va Xargush qishloqlari;

  • G‘ijduvon tumani: Gʻijduvon shahridagi Ahmadoniy ko‘chasi, Gʻisht (“Ulfat Bibi” QFY) va Abadi qishloqlari, “Armechan” QFY;

  • Shofirkon tumani: Mustaqillik koʻchasi, shuningdek, “Chandir” QFY, Denov (“Denov” QFY) va Tezguzar qishloqlari.

Ro'yxatga qaytish