Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz murabbiylik tizimini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda
Mobiuz murabbiylik tizimini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

Kompaniyamizdagi murabbiylar – bu o‘zi katta tajribaga ega bo'lgan, tajribasi kamroq xodimlarning moslashishiga, rivojlanishiga yordam beradigan va ularning faoliyati natijalarini baholashda ishtirok etadigan mutaxassislardir.

Ulardan biri Urganch shahridagi Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazi yetakchi mutaxassisi Ikrom Matkarimov. U shu kunlarda “Murabbiylar maktabi” ichki korporativ kursini muvaffaqiyatli tamomladi.

Unga sertifikat taqdim etish bilan bir qatorda Mobiuz Xodimlarni o'qitish va rivojlantirish bo‘limi vakillari kompaniyaning Xorazmdagi xodimlari uchun timbilding va trening o‘tkazdilar.

Ro'yxatga qaytish