Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz kompaniyasi Mobi Cinema video xizmatini ishga tushirdi

Mobi Cinema yuzdan ortiq telekanallar, shuningdek, minglab film va seriallarni ko‘rish imkonini beradi.

Mobiuz mobil operatori abonentlarning raqamli imkoniyatlarini kengaytirishga e’tibor qaratmoqda. Bu boradagi mahsulot va xizmatlar ekotizimi kengaymoqda.

Mobi Cinema – bu xorijiy va mahalliy videokontentlardan (film, serial, dasturlar, telekanallar) cheksiz foydalanish imkoniyatiga ega zamonaviy ilova va onlayn xizmatdir.

Mobi Cinema ilovasi qulay interfeysga ega, u uchta opsiyani o'z ichiga oladi:

  • Mobi TV 100 dan ortiq mahalliy va horijiy telekanallarni koʻrish imkonini beradi.

  • Mobi Cinema Premium to'rtta mashhur More.tv, Start, Megogo va Amediateka onlayn kinoteatrlarini birlashtiradi.

  • Mobi Cinema Milliy oʻzbek filmlari va seriallarining maʼlumotlar bazasini oʻz ichiga oladi.

Mobi Cinema’dan foydalanish uchun ilovada yoki mobicinema.uz veb-portalida raqamni bog‘lash orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Xizmatning bir yoki bir nechta taqdim etilgan opsiyasiga 30 kunga obuna bo'lish mumkin. Abonent undan bir vaqtning o‘zida uchta qurilmada foydalanishi mumkin.

“Mobiuz asta-sekin mobil aloqa operatoridan raqamli xizmatlar ko‘rsatuvchi operatorga aylanmoqda. O‘tgan yili biz Mobi Music musiqiy striming xizmatini taqdim etdik, endi o'zimizning Mobi Cinema video xizmatimizni ishga tushirmoqdamiz. Raqamli imkoniyatlardan foydalangan holda “barchasi birda” tamoyiliga asoslangan faoliyat olib borishga va mijozlarimizga yangi shart-sharoitlar yaratishga intilyapmiz, – deydi Mobiuz Bosh direktorining marketing va savdolar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova.

Mobiuz abonentlariga qulaylik yaratish maqsadida mobil televideniyening avvaldan mavjud bo‘lgan iTV va Mediabay xizmatlarini ham saqlab qoladi. Mobi Cinema ishga tushirilishi bilan abonentlarda kengroq tanlov paydo bo‘lmoqda.

Mobiuz abonentlari Mobi Cinema’ni quyidagi havola orqali yuklab olishlari va o‘rnatishlari mumkin: https://mobicinema.uz/app.

Ro'yxatga qaytish