Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz bayramona kayfiyat bag‘ishlamoqda (video)

Yangi yil sehrli bayramdir! Bu davrda yoshu qari mo‘jiza bo‘lishini, ertak muhitiga sho‘ng‘ishni xohlaydi.

Mobiuz mobil operatori har yili barcha abonentlar va aholiga bayramona kayfiyat ulashishga intiladi. Yangi yil oldidan amalga oshiriladigan ko'plab faolliklardan biri bu kompaniyaning markaziy ofisini yorqin bezatishdir. Minglab yonib turgan chiroqlar, yorqin gulchambarlar va, albatta, katta archa O‘zbekiston poytaxti aholisi va mehmonlarining ko‘zini quvontiradi.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=L_czqUCQauc

An'anaga ko'ra, Mobiuz har yili pul sovrinlari o‘ynaladigan aksiyalarni o‘tkazib, o'z abonentlarining orzularini ro'yobga chiqarish uchun ajoyib imkoniyat beradi. Bu yil ham kompaniya “Orzu uchun millionlar” aksiyasini e’lon qildi, u bo‘yicha ishtirokchilar 5 000 000 so‘mdan 300 000 000 so‘mgacha pul mukofotlari hamda Dubayga sayohatlarni yutib olishlari mumkin. Yo‘llanmalarning baxtli egalari 2021-yil 31-dekabrda aniqlandi!

Ro'yxatga qaytish