Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz o‘zining musiqiy xizmatini taqdim etmoqda

Mobi Music orqali musiqa tinglashda internet-trafik sarflanmaydi.

Mobiuz mobil aloqa operatori musiqa tinglash va yuklab olish uchun o‘zining oqimli xizmatini ishga tushirdi. Mobi Music – bu mahalliy va xorijiy san’atkorlarning minglab qo‘shiq va albomlarini o‘z ichiga olgan mobil ilova.

Foydalanuvchilar ilova yordamida o‘z pleylistlarini yaratishi, moslashtirilgan tavsiyalar olishlari, qo‘shiqlarni qurilmalariga yuklab olishlari va internetdan foydalanmagan holda tinglashlari mumkin. Mobi Music o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilmoqda.

Eng muhimi, Mobiuz abonentlari Mobi Music’dan umuman megabayt sarflamasdan to‘laqonli foydalanishlari mumkin. Smartfon yoki planshetga musiqalarni yuklab olish uchun ham MB safrlanmaydi.

Xizmatdan foydalanish uchun Mobi Music mobil ilovasini yuklab olishingiz va raqamingizni bog‘lash orqali 1 yoki 30 kunlik obunani faollashtirishingiz kerak. Shuningdek, xizmatni USSD-kodlar yordamida boshqarish mumkin:

*130# – obuna holatini tekshirish;

*130*1# – kunlik obunani ulash;

*130*30# – oylik obunani ulash;

*130*0# – xizmatni o‘chirish.

Birinchi marta ulangan foydalanuvchilar uchun 30 kunlik bepul foydalanish davri amal qiladi. Keyin esa xizmat narxi kuniga 599 so‘mni yoki oyiga 14 999 so‘mni tashkil qiladi.

Shuningdek, mobil ilova foydalanuvchilari mobimusic.uz musiqa portalidan bepul foydalanishlari ham mumkin.

“Oqimli va bulutli texnologiyalar rivojlangan zamonaviy sharoitda media ma’lumotlarni (rasmlar, videolar, musiqa va x.k.) to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilmada saqlashning hojati yo‘q. Mobi Music ana shunday qulayliklardan biridir – foydalanuvchi istalgan vaqtda minglab onlayn treklardan foydalanishi mumkin. Buning uchun Mobiuz abonentlariga cheksiz mobil internet taqdim etilmoqda. Umid qilamizki, qulayliklari va imkoniyatlari doimiy ravishda kengayib boradigan Mobi Music xizmatiga abonentlarimiz munosib baho berishadi”, - deya ta’kidladi Mobiuz bosh direktorining marketing va savdolar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova.

Mobiuz abonentlari Mobi Music’ni quyidagi havola orqali yuklab olishlari va oʻrnatishlari mumkin: https://bit.ly/3Hee8j6.

Ro'yxatga qaytish