Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz +99888XX99999 raqamini sotuvga chiqardi

U va boshqa minglab raqamlarni misli ko‘rilmagan chegirmalar bilan ulash mumkin. Taklif faqat shu yilning noyabr oyi oxirigacha amal qiladi.

Chiroyli mobil raqamlar odamlarni har doim maftun etib, zavqlantirib kelgan. Shuning uchun ko‘pchilik raqamlar xonalarini qiziqarli, eslab qolish oson, takrorlanadigan qilib olishga intiladi.

Mobiuz abonentlar – jismoniy shaxslar hamda korporativ mijozlarga ajoyib imkoniyatni taqdim etmoqda. Joriy yilning 30-noyabriga qadar Mobiuzning barcha toifadagi chiroyli raqamlari (shu jumladan, eng jozibador – Gold, Super Gold, Platinum Light, Platinum, Platinum Plus va Super Platinum toifalari) uchun katta chegirmalar amal qilmoqda.

Masalan, Platinum Light toifasinining asl narxi 10 million so‘mni tashkil qiladi. Noyabr oyi oxirigacha abonent oylik yoki yillik abonent to‘loviga ega Mobi tariflaridan biriga ulansa, bunday toifadagi raqam narxi atigi 2 million so‘m bo‘ladi.

Taklifdan foydalanish uchun abonentlar kompaniyaning respublika bo‘yicha ofislari va tijorat hamkorlarining savdo shohobchalariga murojaat qilishlari mumkin. Buning uchun daqiqa, MB va SMSlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda u yoki bu tarif rejasini tanlash kifoya.

“Chiroyli raqam insonning shaxsiy maqomini ta'kidlash, telefon orqali muloqotga o‘zgacha tus berish imkonini beradi. Korporativ mijozlar uchun chiroyli raqam obro‘ keltiradigan, eslab qolinishi osonligi tufayli mijozlarning yangi oqimini ta'minlaydigan samarali biznes vosita hisoblanadi. Mobiuz chiroyli raqamlar uchun chegirmalardan foydalanib, ushbu imtiyozlardan to‘liq foydalanishga barchani taklif qiladi”, - deydi Mobiuz bosh direktorining marketing va savdolar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova.

Dolzarb narxlar, ulanish shartlari va raqamlar ro‘yxati www.mobi.uz saytida joylashtirilgan. Raqamlar variantlari bilan https://t.me/MyMobiuz rasmiy Telegram-kanalida ham tanishish mumkin.

Ro'yxatga qaytish