Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz – bu 100% ulushi davlatga tegishli mobil aloqa operatori

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan Mobiuz kompaniyasi va Rossiya Federatsiyasining "MTS" OAJ o‘rtasidagi bisnes munosabatlari bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.

Mobiuz mobil aloqa operatori shuni ma’lum qiladiki, Mobiuz "MTS" OAJ'ga hech qanday bog‘liq emas. Mobiuz 7 yildan buyon mamlakatimizda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan davlat mobil aloqa operatori hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5187-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Mobiuz mobil aloqa operatori 100% ulushiga egalik qilmoqda.

Mobiuz abonentlar va yurtdoshlarimizdan shuni iltimos qiladiki, operator faoliyati bo‘yicha savollar yuzaga kelsa, to‘liq va aniq ma’lumotni olish uchun bevosita kompaniyaga murojaat qilishlari mumkin.

Call-markaz: (+998) 97 130-0909.

Veb-sayt: www.mobi.uz

Telegram: https://t.me/MyMobiuz

Ro'yxatga qaytish