Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz’ning eng yaxshi tarif rejalari qaysi: abonentlarning fikri

Sentabr oyining boshida Mobiuz kompaniya abonentlari qaysi tarif rejalarini afzal ko‘rishini so‘rab, Telegramda ekspress so‘rov o‘tkazdi.

So‘rovda 5,6 mingga yaqin Telegram foydalanuvchilari – Mobiuz abonentlari ishtirok etdi. Ovoz berish 7 toifada, jumladan yillik tariflar, Mobi tarif rejalari, Internet uchun hamda ijtimoiy tariflar va boshqa toifalar bo‘yicha o‘tkazildi. Foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida bir yoki bir nechta toifalarga ovoz berishlari mumkin edi.

Eng ko‘p, ya’ni 37,3% dan ortiq ovoz Mobi 20, 25 va 30+ uchun berildi. Ushbu mahsulotlar Mobi turkumidagi eng kichik va nisbatan yangi tariflardir. Hususan, Mobi 25 va 30+ abonentlarning talab va ehtiyojlarini o‘rganish asosida joriy yilda ishga tushirilgan. Uchta tarifning ham abonent to‘lovi oyning 1-kuniga bog‘lanmagan, balki abonent ulangan yoki o‘tgan kuniga qarab belgilanadi.

Keyingi o‘rinni 29% ovoz bilan Internet foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan Gap Yo‘q va Gap Yo‘q Pro tarif rejalari egalladi. Ular 2020 yilda, koronavirus pandemiyasi avj olgan paytda ishlab chiqilgan tariflardir. Aytib o‘tish joizki, karantin choralari doirasida ko‘plab o‘zbekistonliklar uyda qolib, ko‘p vaqtlarini Internetda o‘tkazishdi. Shuning uchun, Mobiuz’ning bu tariflari juda qulay va dolzarb bo‘ldi, ko‘plab abonentlarga xush keldi.

Uchinchi o‘rinda Mobi 40, 50, 70, ya’ni Mobi turkumining o‘rtacha narxdagi tariflari joylashgan. Ular respondentlarning 22,3% ovozini oldi. Ushbu tariflar Mobiuz rebrendingidan so‘ng, 2019-yilning oxirida birinchi bo‘lib chiqarilgandi.

Shuni ta'kidlash kerakki, 2020-yil oxirida Mobiuz 16 ta tarif rejasi bo‘yicha Internet-trafik hajmini sezilarli darajada oshirgandi. Shu yilning aprel oyida esa ulardagi daqiqalar va SMSlarni yanada ko‘paytirdi. Shu bilan birga, birorta tarifning abonent to‘lovi oshirilmadi va bir xil darajada qoldi.

«Mahsulotlarimiz amaldagi va yangi abonentlar qalbini zabt etayotganidan juda xursandmiz. Biz ularning fikrlariga doimo quloq tutishni, tariflar shartlari yanada foydali va jozibador bo‘lishiga harakat qilamiz. Hozirda Mobiuz sevimli abonentlari uchun yangi syurprizlarni tayyorlamoqda, ular tez orada taqdim etiladi”, - dedi Mobiuz’ning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev.

Mobiuz’ning mahsulot va xizmatlari haqidagi dolzarb ma’lumotlar https://t.me/MyMobiuz Telegram-kanalida joylashtirilgan.

Ro'yxatga qaytish