Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz maxsus bayram aksiyalarini o‘tkazmoqda

Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan Mobiuz’ning Gold va undan yuqori toifadagi raqamlarini 80% gacha chegirmalar bilan hamda 30 000 MB hajmdagi promo-to‘plamni ikki baravar arzon ulashingiz mumkin.

Mustaqillik kuni – mamlakatimizning ilk va eng muhim bayramidir. Bu yil Vatanimiz davlat mustaqilligining 30 yilligi nishonlanmoqda. Ushbu muhim sana munosabati bilan Mobiuz mobil aloqa operatori abonentlar va aholi uchun ulkan aksiyalarni o'tkazmoqda.

Faqat 7-sentabr yakunigacha har kim maxsus taklifdan foydalanib, kompaniyaning eng chiroyli raqamlari egasiga ylanishi mumkin. Aksiyada Gold, Super Gold, Platinum Light, Platinum, Platinum Plus, Super Platinum toifalari ishtirok etmoqda – ular uchun 80% gacha chegirmalar amal qilmoqda. Buning uchun yillik abonent to‘loviga ega Mobi 110 Yillik yoki Mobi 150 Yillik tariflaridan birini faollashtirish kifoya.

Eng muhimi, Mobiuz’ning Platinum, Platinum Plus va Super Platinum toifasidagi eng chiroyli va orzu qilingan raqamlari narxi besh barobar arzonlashtirildi.

Shu bilan birga, yana bir aksiya doirasida joriy yilning sentabr oyi oxirigacha boshqa – Steel Light, Steel, Bronze, Silver Light, Silver – toifalaridagi chiroyli raqamlarni ham qulay narxlarda ulash mumkin. 100%gacha chegirmalar berilishi ulanayotgan tarif rejasiga bog‘liq.

Abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida Mobiuz’ning barcha ofislari bayram va dam olish kunlari odatiy tartibda ishlaydi. Raqamlarni kompaniya tijorat hamkorlarining savdo shoxobchalarida ham ulash mavjud.

Mobiuz amaldagi va yangi abonentlari uchun yana bir yoqimli bayram syurprizini taqdim etmoqda. Faqat 5-sentabr yakunigacha 30 000 MB hajmdagi promo Internet-to‘plamini 50% chegirma bilan atigi 32 500 so‘mga yoqish mumkin. Faollashtirish kodi - *102*030#. To‘plamlar soni cheklanmagan.

“Chiroyli raqamlar va Internet-to‘plamlarga chegirmalar berilishi – Mobiuz abonentlari orziqib kutadigan aksiyalardir. Bu safargi faolliklarimizni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab, yurtdoshlarimizning bayramona kayfiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildik. Fursatdan foydalanib, biz barcha vatandoshlarimizni bayram bilan tabriklaymiz, ularga tinchlik-totuvlik, niyat va maqsadlariga erishishlarini tilab qolamiz”, – dedi Mobiuz’ning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev.

Mobiuz’ning Telegram’dagi rasmiy kanali obunachilari kompaniya yangiliklarini birinchi bo‘lib bilishadi. Siz ham ushbu havola orqali obuna bo‘ling: https://t.me/MOBIUZuzb.

Ro'yxatga qaytish