Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz "Gap Ko'p" xizmati bilan cheksiz aloqani taqdim etmoqda

Mobiuz abonentlari xizmatni o‘z tariflarida ulab, bir-birlari bilan hech qanday cheklovlarsiz aloqa qilishlari mumkin.

Madina shunchalik ko'p qo'ng'iroq qiladiki, smartfoni akkumulyatori tez o‘tirib qoladi, lekin aloqa xizmatlari uchun deyarli harajati yo‘q. Anvarning hisob raqamida atigi ming so'm pul va 15 daqiqa qolgan bo‘lsada, u butun tun sevgan qizi bilan telefonda suhbatlashib chiqdi. Oyiga atigi 25 ming so'mlik tarif rejasidan foydalanadigan Behruz oyiga 200 soat gaplashib qo‘yibdi.

Bular xayoliy voqealar emas, balki Mobiuz abonentlarining hayotiy holatidir. Tarif rejalari bo‘yicha tarmoq ichida bepul gaplashish sharti bo‘lmagan abonentlar ham noyob “Gap Ko‘p” xizmati yordamida tarmoq ichida cheksiz qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari mumkin.

"Gap Ko‘p" ga ulanish uchun *166# USSD-kodini terish kifoya. Bir martalik faollashtirish narxi 10 ming so‘mni tashkil qiladi. Xizmat uchun ortiqcha xarajatlar, xususan, oylik yoki kunlik abonent to'lovlari yo‘q. Abonent xizmatdan bir necha yil ham foydalanishi mumkin – u buning uchun pul to'lamaydi. "Gap Ko'p"ni foydalanuvchining o'zi o‘chirishi mumkin, Shuningdek, u boshqa, ushbu xizmatni qo‘llab-quvvatlamaydigan tarifga o'tganda xizmat avtomatik ravishda o'chishi mumkin.

Hozirda "Gap Ko'p"ni yangi va amaldagi abonentlar Mobi 20, 25, 30+, "O'qituvchi 1 va 2" tarif rejalarida yoqishlari mumkin. Bundan tashqari, xizmat 20 dan ortiq boshqa tarif rejalarida ham amal qilmoqda.

Oylik abonent to'lovi yuqori bo'lgan tariflarga kelsak, ularning shartlari tarmoq ichida yoki umuman butun O'zbekiston bo'ylab cheksiz aloqani o'z ichiga oladi. Masalan, "Gap Yo'q", "Gap Yo'q Pro", Mobi 40, 50, 70, 90, ularning yillik variantlarida tarmoq ichida cheksiz qo'ng'iroqlar avvaldan bor.

"Gap Ko‘p" – bu oddiy tarif rejangizni "kuchaytirish" imkonini beradigan ijtimoiy xizmat. Mobil aloqa uchun oyiga 30 ming so‘mgacha pul sarflashga tayyor bo‘lgan abonentlarimiz uchun u katta qulaylikdir. Shu sabab ushbu xizmatimizga talab katta. Abonentlarga minimal to'lov evaziga cheksiz vaqt davomida cheksiz aloqani taqdim etayotganimizdan xursandmiz”, - dedi Mobiuz kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev.

Oldinroq Mobiuz mobil aloqa operatori o'zining ko‘plab tarif rejalarini qayta ko'rib chiqdi, shu jumladan MB (2020-yilning oktabrida), daqiqa va SMS’lar (2021-yilning may oyida) hajmini sezilarli darajada oshirdi. Shu bilan birga, ularning abonent to'lovlari o'zgarishsiz qoldi. Shuningdek, kompaniya oyiga atigi 8 ming so‘mga “Yengil” tarifini joriy qildi, unda barcha qo‘ng'iroqlar, MB va SMSlar atigi 8 so‘mdan narxlanadi.

Mobiuz xizmatlarining barcha yangiliklari va xizmatlar tavsiflari www.mobi.uz veb-saytida, shuningdek operatorning Facebook’dagi (https://fb.com/mobiuz.uzbekistan) sahifasida mavjud.

Ro'yxatga qaytish