Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz 4G LTE imkoniyatlarini kengaytirishni davom etmoqda

Texnik rivojlanish loyihalarini amalga oshirish mobil aloqa operatoriga mobil Internet va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini sezilarli darajada yaxshilashga imkon bermoqda.

Shu yilning yanvar-mart oylarini o‘zida Mobiuz mobil aloqa operatori 4G LTE ehtiyojlari uchun GSM tarmog‘ining bo‘sh chastotalaridan foydalangan holda respublikadagi 700 dan ortiq tayanch stansiyalarini qayta jihozladi. Jarayon uskunalarni to'liq modernizatsiyasini o‘z ichiga oldi, natijada avval faqat 3G/2G tarmoqlari ishlatilgan joyda 4G LTE paydo bo‘ldi.

Avvalo, gap olis qishloqlar va viloyatlarni yuqori sifatli aloqa va mobil Internet bilan qamrab olish haqida ketmoqda. Eng ko'p tayanch stansiyalar Qashqadaryoda – 125 ta, Xorazmda – 116 ta, Andijonda – 89 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 66 ta va boshqa viloyatlarda ishga tushirildi. Shahar va viloyat markazlari sharoitida bu imkon qadar ko‘proq abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun tarmoqlar sig‘imini oshirishga imkon berdi.

Bundan tashqari, 50 dan ortiq yangi 4G LTE tayanch stansiyalari turli joylarda ishga tushirildi. Ular orasida poytaxtning Mirobod, Yunusobod, Sergeli tumanlari, Samarqand shahri, Buxoro viloyatining Jondor, Romitan, Kogon tumanlari, Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumani, Navoiy viloyatining Xatirchi tumani va boshqa joylardagi obyektlar mavjud. Bularning barchasi Mobiuz to'rtinchi avlod tarmog‘i qamrovini O'zbekiston hududlarida sezilarli darajada oshirishga imkon berdi.

Ayni paytda ushbu yo'nalishdagi ishlar faol davom etmoqda. Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan Mobiuz’ga ajratilgan kredit doirasida Huawei kompaniyasi bilan texnologik uskunalarni yetkazib berish bo'yicha shartnomalar imzolandi. Xususan, joriy yil oxiriga qadar mamlakat bo‘ylab 1000 dan ortiq tayanch stantsiyalarini ishga tushirish va yangilash rejalashtirilgan. Shu bilan birga, 300 dan ortiq obyektlar mutlaqo yangi joylarga o‘rnatiladi. Natijada yuqori sifatli mobil Internetning kirib borishi yanada kengayadi.

Ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish va turlarini kengaytirish uchun Mobiuz shuningdek paket yadrosining asosiy tarmog'ini yangilashni rejalashtirmoqda. Toshkent, Yangiyo'l, Samarqand, Urganch, Jizzaxda optik tolali aloqa liniyalari qurilishi va vEPC (virtual paketli yadro) uskunalari ishga tushirilishi kutilmoqda. Joriy yilda 180 kilometrdan ortiq optik tolali kabel liniyalari tortiladi, 1,7 mingdan ziyod radiorele oralig'i modernizatsiya qilinadi va ishga tushiriladi.

2021-yilga mo'ljallangan ustuvor vazifalar qatorifa IoT (Internet of Things – “Buyumlar Interneti”) uchun maxsus texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish bo'yicha tadqiqotlarni amalga oshirishdir. Mobiuz raqamli xizmatlarni faol joriy etayotgan mobil aloqa operatori sifatida yaqin kelajakda “Aqlli uy” va “Aqlli shahar” texnologiyalarini faol rivojlantiradi.

Mobiuz’ning maqsadi – zamonaviy texnologik yechimlar va yuqori darajadagi xizmatlarni taqdim etuvchi operator bo'lishdir. Shunday ekan, 2021-yil abonentlar va keng jamoatchilik uchun yaxshi yangiliklarga boy bo'ladi.

 

Ro'yxatga qaytish